Текст страницы
Biryusa WM-SE814/10, WM-SL610/11, WM-SL712/11
• Paxta (Хлопок): rejim paxta, zig‘ir yoki alohida parvarishni talab qilmaydigan boshqa
matolardan tikilgan o‘rtacha va juda iflos kirlarni (kunlik kiyimlar, choyshablar) yuvish uchun
mo‘ljallangan.
Kir yuvish
mashinasining
ish rejimlari
• EKO (ЭКО): past haroratda yuvish. Oq va oqarmaydigan rangli paxtadan, oddiy ifloslangan
sun’iy matodan tayyorlangan kiyimlarni yuvish uchun. Rejim yuvishning optimal sifatini saqlab,
suv va elektr energiyasini tejash uchun mo‘ljallangan.
• Sport (Спортивная): sport kiyimlari va poyabzallarni past haroratda yuvish uchun. Sport
poyabzallarini yuvishda bir vaqtning o‘zida ikki juftdan ortiq poyabzalni yuvish tavsiya etilmaydi.
• Nozik (Деликатная): ushbu rejim o‘ta sezgir matolardan tikilgan narsalarni yumshoq yuvish
uchun tavsiya etiladi.
• Jun (Шерсть): ushbu rejim faqat jun va jun aralashmalarini yuvish uchun mo‘ljallangan,
buning uchun ishlab chiqaruvchi mashinada yuvishga ruxsat beradi. Mahsulot yorlig‘ida ruxsat
etilgan harorat rejimi haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganish kerak. Jun mahsulotlari uchun
maxsus yuvish vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
O’ZBEK
• Adyol (Одеяла): harorat va aylanish tezligi chegaralangan qalin, katta narsalarni (adyol,
ko‘rpa jildi, ustki kiyim) yuvish dasturi. Yuvishdan oldin kiyimlarni barabanga teng ravishda
taqsimlash tavsiya etiladi.
• Aralash matolar (Смешанные ткани): mato turi bo‘yicha saralanmagan, odatiy darajada
ifloslangan aralash narsalarni yuvish dasturlari.
• Sintetik (Синтетика): ushbu rejim sezgir va sintetik matolardan tayyorlangan buyumlarni,
pardalar va pardasimon matolardan tayyorlangan buyumlarni yuvish uchun mo‘ljallangan.
Trikotaj kiyimlarni yuvishda kiyimning shakli buzilmasligi uchun vositani miqdorini kamaytirish
tavsiya etiladi.
• Bolalar (Детская): bolalar kiyimlarini, tagliklarni va boshqalarni yuqori haroratda intensiv
yuvish. Bolalar kiyimlarini qolganlaridan alohida yuvish tavsiya etiladi.
• Tez 15 daqiqa (Быстрая 15 мин): Barcha turdagi matolarni sovuq suvda yuvish uchun qisqa
muddatli dastur, kuchsiz darajada ifloslangan kirlarni har kuni yuvish uchun mo‘ljallangan.
Kir yuvish
mashinasining
vazifalari
• Kechiktirilgan boshlash (Отложенный старт): funksiya kir yuvish davri tugash vaqtini
belgilash imkonini beradi. Tegishli tugmani bosganingizda, yuvish siklining oxirigacha bo‘lgan
vaqt ketma-ket almashtiriladi. Displey tanlangan vaqtni ko‘rsatadi. Yuvishning oxirigacha bo‘lgan
vaqt 1 soatlik qadamlarda 3 dan 19 soatgacha bo‘lgan oraliqda o‘rnatilishi mumkin. Yuvish rejimi
va funksiyalarini tanlagandan so‘ng funksiya yoqilgan bo‘lishi kerak.
• Barabanni tozalash (Очистка барабана): Bu rejim mashina barabanini maksimal haroratda
ko‘p miqdorda suv bilan tozalash va sterilizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu rejim
kiyimlarni yuvish uchun mo‘ljallanmagan. Eng yaxshi natijaga erishish uchun oz miqdorda vosita
qo‘shish tavsiya etiladi.
Funksiyani yoqish uchun bir vaqtning o‘zida «Harorat» va «Tezlik» tugmalarini uch soniya bosib
ushlab turish kerak.
• Yuvish vaqtida kirning qo‘shimcha yuklanishi (Дозагрузка белья в процессе стирки):
funksiya yuvish jarayonida kiyimlarni barabanga qo‘shimcha yuklash imkonini beradi. Buning
uchun yuvish jarayonini boshlaganingizdan so‘ng «Start/Pauza» tugmasini bosishingiz kerak. 5
soniyadan so‘ng eshikni bloklash indikatori o‘chadi. Bu eshikni ochish va narsalarni barabanga
yuklash mumkinligini anglatadi. Kirlarni yuklagandan so‘ng, eshikni yoping va yuvish jarayonini
davom ettirish uchun «Start/Pauza» tugmasini bosing.
Eshikni bloklash indikatori o‘chmasa va eshik ochilmasa, siklning ushbu nuqtasida, masalan,
barabandagi juda yuqori harorat yoki suv sathi tufayli narsalarni qo‘shish mumkin emas.
• Bolalar blokirovkasi (Блокировка от детей): Bu funksiya rejimni o‘zgartirish tugmasi va
«Pauza/Start» tugmasini bloklash uchun ishlatiladi, bu esa bolalarning sozlamalarni tasodifan
o‘zgartirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Funksiyani faollashtirish uchun yuvish jarayonida «Kechiktirilgan
boshlash» tugmasini kamida 3 soniya bosib turing. Shundan so‘ng, bolalardan himoya qilish
indikatori yonadi, displeyda «CL» indikatsiyasi yonadi. Bloklashni o‘chirish uchun ko‘rsatilgan
tugmalarni yana kamida 3 soniya bosib turing.
117