Инструкция парогенератор Philips GC7842/40

Страница 164 (стр. 164 из 170)

Бренд: Philips

Страница 164 документа Парогенератор Philips GC7842/40. Раздел: Парогенераторы. Бренд: Philips.

Текст страницы

166 O‘zbek

Kirish

Xaridingiz muborak bo'lsin va Philips'ga xush kelibsiz! Philips taklif qiladigan qo'llab-quvvatlash xizmatidan
foydalanish uchun jihozingizni www.philips.com/welcome saytida ro'yxatdan o'tkazing.
Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu qo'llanmani, muhim maʼlumot risolasini va tez ishga tushirish bo'yicha
ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing. Ularni kelgusida maʼlumot uchun saqlab qo'ying.

Mahsulotning umumiy ko'rinishi (1-rasm)

1 Suv taʼminoti shlangi
2 Bug' triggeri/Bug'ni kuchaytirish
3 “Dazmol tayyor” chirog'i
4 Asos plita
5 Dazmol platformasi
6 Ko'tarishga qarshi qulfni ochish tugmasi
7 Suv bakini to'ldirish teshigi
8 Suv taʼminoti shlangini saqlash bo'lmasi
9 Vilka bilan tarmoq shnuri
10 Chiroqli CALC-CLEAN tugmasi
11 Quvvat va avtomatik o'chirish chirog'iga ega yoqish/o'chirish tugmasi
12 Chiroqli ECO tugmasi
13 Cho'kmalardan aqlli tozalash konteyneri

Philipsʼdan eksklyuziv texnologiya

OptimalTEMP texnologiyasi

OptimalTEMP texnologiyasi dazmol qilinadigan barcha mato turlarini har qanday tartibda dazmol haroratini
sozlamay va kiyimlaringizni saralamay turib ham dazmollashga imkon beradi.
Issiq asos plitasini temir platformaga qaytarib qo'ymasdan shunchaki dazmollash taxtasi ustida qoldirish
mumkin (2-rasm). Bu bilagingizga tushadigan bosimni kamaytiradi.

Compact ProVelocity texnologiyasi

Bu texnologiya burmalarni oson tekishlash uchun chuqur kirib boradigan uzluksiz bug' bilan taʼminlaydi.
Bir paytning o'zida, u jihozni anʼanaviy bug' generatorlariga qaraganda ixchamroq va yengilroq bo'lishini
taʼminlaydi, bu esa saqlashni osonlashtiradi (3-rasm).

Ishlatishga tayyorlash

Ishlatiladigan suv turi

Jihozingiz vodoprovod suvida ishlashga mo'ljallangan. Biroq agar qattiq suvli hududda yashasangiz,
cho'kma tezroq to'planishi mumkin. Shu sababli, jihozning xizmat muddatini uzaytirish uchun distillangan
yoki demineralizatsiyalangan suvdan foydalanish tavsiya etiladi.

Ogohlantirish: Xushbo'y suv, quritish mashinasining suvi, sirka, kraxmal, cho'kmalarni tozalash
vositalari, dazmol qilish vositalari, kimyoviy cho'kmalardan tozalangan suv yoki boshqa kimyoviy
moddalarni quymang, chunki ular sizib chiqishi, jigarrang dog'lar hosil qilishi yoki jihozingizga
shikast yetishiga sabab bo'lishi mumkin.

Suv bakini to'ldirish

Suv bakini har safar foydalanishdan oldin yoki suv bakidagi suv sathi minimal darajadan pastga tushganda
to'ldiring. Suv bakini istalgan foydalanish vaqtida qayta to'ldirishingiz mumkin.

1 Suv bakini to'ldirish teshigini oching (4-rasm).
2 Suv bakini MAX belgisigacha to'ldiring (5-rasm).
3 Suv bakini to'ldirish teshigini yoping (“tiq” etgan ovoz eshitiladi).

Бытовая техника / Техника для дома / Глаженье / Парогенераторы

Black+Decker BXSS2400E

56 стр.
Бытовая техника / Техника для дома / Глаженье / Парогенераторы

Black+Decker BXSS2400E

56 стр.
Бытовая техника / Техника для дома / Глаженье / Парогенераторы

Zelmer ZIS2415

76 стр.