Инструкция бирюса G6127

Страница 43 (стр. 43 из 63)

Бренд: G6127

Страница 43 документа Бирюса G6127. Раздел: Холодильники. Бренд: G6127.

Текст страницы

Muzlatilgan mahsulotlarning taxminiy saqlash muddati

Mahsulotlar
Saqlash muddati oylarda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12

Go’sht qiymasi
Baliq, dengiz mahsulotlari
Go’sht (cho’chqa, mol, qo’y go’shti)

Qo’ziqorinlar
Pishloq, yog’
Mevalar, sabzavotlar, rezavorlar

Qush go’shti

XIZMAT KO’RSATISH VA QARASH

Drenaj qo’shimchasi

Yangi
oziq-ovqat
mahsulotlarini
saqlash
bo’linmasi

O’ZBEK

Yangi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo’linmasida bug’latgich
avtomatik ravishda eritiladi. Bo’linmaning orqa devoridagi qirov
yoki muzlagan tomchilar shaklida kondensatsiyalanadigan namlik
kompressor o’chirilganda eriydi va suvni haydash tizimi orqali
eritilgan suv idishiga oqib tushadi, u yerda kompressor tomonidan
chiqarilgan issiqlik tufayli bug’lanadi. Normal ishlash uchun drenaj
teshigi tiqilib qolmasligini kuzatib turish kerak. Drenaj teshigi tiqilib
qolsa, uni drenaj qo’shimchasi yordamida tozalash kerak (rasmga
qarang).

DIQQAT!

Ish paytida muzlagan tomchilar paydo bo’lishi mumkin – orqa devordagi muzlagan
tomchilar nuqson emas.

Qor qoplami mahsulotlarning intensiv sovishiga to’sqinlik qiladi va elektr energiyasi sarf
qilinishining ko’payishiga olib keladi. Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo’linmasining
bug’latgich javonlarida qatlam 5 mm dan ortiq o’sganda, avval sovutgichni elektr tarmog’idan uzib
qo’yib, so’ng uni muzdan tushirish va tozalash tavsiya etiladi.

Muzlatilgan
oziq-ovqat
mahsulotlarini
saqlash
bo’linmasi

Tozalash

Vaqti-vaqti bilan (8-10 oyda 1 marta) sovutgichni oldindan elektr ta`minoti tarmog’idan uzib,
tozalab turing.
• Eshikni ochiq qoldiring, erishni tezlashtirish uchun muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini
saqlash bo’linmasiga iliq suv solingan idishni joylashtirishga ruxsat beriladi.
• Muzdan tushirish paytida erigan suvni shimgich bilan yig’ish tavsiya etiladi.
• Muzning erishiga qarab, uni plastik yoki yog’och kurakcha bilan olib tashlash mumkin.
• Sovutgichning ichki va tashqi yuzalarini sovunli suv bilan yuving, quruq qilib arting va eshiklar
ochiq holda bir soat davomida shamollating.

Sovutgichning orqa devorida kondensator (quvurli panjara - issiqlik almashtirgich) joylashgan.
Kondensatorda to’plangan chang normal ishlashga to’sqinlik qiladi va elektr energiyasi
sarflanishining ko’payishiga olib keladi. vaqti-vaqti bilan (yiliga bir marta), sovutgichni oldindan
elektr ta`minotidan uzib qo’yib, tukli cho’tka yoki changyutgich yordamida kondensatorni
changdan tozalab turish kerak.

DIQQAT!

Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo’linmasining bug’latgichi yuzasidan
muzni olib tashlash uchun quyidagilardan foydalanmang:
• sovutish tizimining germetikligini buzishi mumkin bo’lgan o’tkir yoki tirnaydigan
narsalardan;
• soch qurituvchi fenlar yoki boshqa isitish moslamalaridan.
• eshikning ichki panelini yuvayotganda zichlagichning pastki qismiga suv oqishiga yo’l
qo’ymang.

Agar sovutgich vaqtincha o’chirilgan bo’lsa yoki uzoq vaqt davomida foydalanishdan chiqarilgan
bo’lsa, qurilmani bo’shatish, tozalash, quritish va eshiklarni biroz ochiq qoldirish kerak.

42

Оглавление

Бытовая техника / Техника для кухни / Холодильное оборудование / Холодильники

Aceline В37ВHR

32 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Холодильное оборудование / Холодильники

Aceline В37ВHR

32 стр.