Текст страницы
ELEKTRON BOSHQARUV BLOKIGA EGA MUZLATGICH MODELLARI
(«No Frost» sovutish tizimi)
Biryusa 6046SN, 6047SN
Muzlatgichning
boshqaruv
paneli
1 – manfiy harorat indikatori;
2 – indikatorli displey;
3 – o’rnatilgan haroratni pasaytirish va «Muzlatish» rejimini
yoqish tugmasi;
4 – o’rnatilgan haroratni oshirish va muzlatgichni yoqish /
o’chirish tugmasi.
2
1
3
4
Muzlatgichni
yoqish va
o’chirish
• Muzlatgich elektr tarmog’iga birinchi marta ulanganda harorat avtomatik ravishda -18 oC ga
o’rnatiladi, displey «2» va «1» indikatori yonadi.
• Muzlatgichni o’chirish yoki yoqish uchun qisqa signal eshitilgunga qadar «4» tugmasini
kamida uch soniya bosib va ushlab turish, so’ngra tugmani qo’yib yuborish kerak. Muzlatgich
«4» tugmachasini bosib o’chirilgandan so’ng displeyda «--» belgisi paydo bo’ladi, muzlatgich
kompressori ishlashni to’xtatadi.
• Muzlatgichni ta`minot tarmog’idan to’liq uzish uchun tarmoq simini rozetkadan uzing.
O’ZBEK
Harorat
rejimini
o’rnatish
• Belgilangan haroratni oshirish «4» tugmachasiga ketma-ket bosish orqali amalga oshiriladi.
• Belgilangan haroratni kamaytirish «3» tugmachasiga ketma-ket bosish orqali amalga oshiriladi.
• Haroratni -20 dan +10 °C gacha bo’lgan oraliqda 1 °C ga o’zgartirish orqali o’rnatish mumkin.
• Belgilangan haroratni saqlash «3» yoki «4» tugmachalarini oxirgi marta bosgandan so’ng
avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
«Muzlatish»
rejimi
«Muzlatish» yoqish yoki o’chirish uchun qisqa signal eshitilgunga qadar «3» tugmasini kamida
uch soniya bosib va ushlab turish, so’ngra tugmani qo’yib yuborish kerak.
Ushbu rejimda muzlatgich kompressori 48 soat davomida uzluksiz ishlaydi, shundan so’ng rejim
o’chadi va muzlatgich ilgari o’rnatilgan harorat rejimida ishlashga qaytadi.
• «Muzlatish» rejimida ishlash jarayonida displey «2» da ishning dastlabki 24 soati davomida
miltillovchi «SF» indikatsiyasi ko’rinib turadi. Keyingi 24 soat davomida «SF» indikatsiyasi
doimiydir.
• Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatgichga yuklashdan 24 soat oldin «Muzlatish» rejimini yoqish
tavsiya etiladi.
- 0 dan +10 °C gacha - yangi mahsulotlarni saqlash uchun.
- -1 dan -20 °C gacha - oldindan muzlatilgan mahsulotlarni saqlash uchun.
- «Muzlatish» rejimi (-25 °C gacha) – ko’p miqdordagi iliq ovqatlarni tezda muzlatish uchun.
Haroratni
tanlash
bo’yicha
tavsiyalar
Muzlatgich avtomatik ravishda muzdan tushadi. Taymer vaqti-vaqti bilan isitish elementlarini
yoqadi, bug’latgichdan «qor po’stinining» erishi sodir bo’ladi. Kanallar orqali erigan suv
kompressor ustidagi idishga oqib tushadi va u yerda bug’lanadi.
Muzlatgichni
muzdan
tushirish
Harorat
oshib ketishi
signalizatsiyasi
Signalizatsiya, agar 40 daqiqa davomida muzlatgichdagi haqiqiy harorat belgilangan haroratdan
10 °C ga oshsa, yoqiladi. Shu bilan birga, displey «2» da «HI» indikatsiyasi ko’rsatiladi, shuningdek
uzuq-uzuq ovozli signal eshitiladi.
• Kerak bo’lganda, «4» tugmachasini bosish orqali signalizatsiyani 40 daqiqaga o’chirib qo’yish
mumkin.
Harorat
datchigi xatosi
signalizatsiyasi
Agar harorat datchigi zanjirida uzilish yoki tutashuv bo’lsa, displey «2» da «EE» indikatsiyasi
ko’rinib turadi, shuningdek, har 60 daqiqada takrorlanadigan 20 soniya davom etadigan uzuq-
uzuq ovozli signal yoqiladi.
Harorat datchigi zanjiri uzlsa yoki tutashsa, muzlatgich kompressori favqulodda rejimda ishlashni
davom ettiradi.
Biryusa 6047SN
Yuqori tokchaning ustiga o’rnatilgan LED yoritgich muzlatgichning ichki maydonini optimal
yoritishni va javonlarda saqlanadigan mahsulotlarga qulay kirishni ta’minlaydi.
LED yoritgichi
40