Текст страницы
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
Faqat mikroto'lqinli pechlarda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan
idishlardan foydalaning.
DIQQAT BILAN O'QIB CHIQING VA KEYINCHALIK FOYDALANISH UCHUN
SAQLAB QO'YING.
Plastik yoki qog'oz idishlardagi taomlarni isitganda yonib ketish xavfi
mavjudligi tufayli ehtiyot bo'ling.
OGOHLANTIRISH: Agar eshikcha yoki eshikcha zichlagichlari
shikastlangan bo'lsa, pechni vakolatli shaxs tomonidan
ta'mirlanmagunicha ishlatmaslik kerak.
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Bu mikroto'lqinli pech taomlar va ichimliklarni isitish uchun
mo'ljallangan. Taomlar yoki kiyimlarni quritish va yostiqchalar,
shippaklar, gubkalar, nam kiyimlar kabilarni isitish jarohat olish, uchqun
chiqishi yoki yong'in xavfining vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Mikroto'lqin quvvatlarining ta'siridan himoya
qiluvchi qopqoqni ochish bilan bog'liq xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash
vakolatli shaxs tomonidan bajarilishi kerak, chunki bu zararlidir.
Tutun chiqsa, qurilmani o'chiring yoki elektr tarmog'iga ulash
kabelini rozetkadan sug'uring va har qanday alangani o'chirish uchun
eshikchani ochib qo'ying.
OGOHLANTIRISH: Suyuqlik va boshqa taomlar mahkam yopilgan
idishlarda isitilmasligi kerak, chunki ular portlab ketishi mumkin.
Ichimliklarni mikroto'lqin yordamida isitish natijasida qaynab, otilib
ketishi mumkin, shuning uchun idishlarni ushlashda ehtiyot bo'lish
lozim.
OGOHLANTIRISH: Bolalarga pechdan qarovsiz foydalanishlariga
faqat bola pechdan xavfsiz ravishda foydalana oladigan va noto'g'ri
foydalanish xavfliligini tushunganda kerakli ko'rsatmalar berilgandan
keyingina ruxsat bering.
Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari uchun bankalarning
ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda kuyishning oldini olish
uchun iste'mol qilishdan avval haroratini tekshirib ko'rish kerak.
Bu qurilma faqat ro‘zg‘orda ishlatishga mo‘ljallangan, uni quyidagi
joylarda ishlatmang:
•
do‘kon, idora yoki boshqa ishxonalarda xodimlar oshxonasida;
•
og‘ilxonalarda;
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda isitib
bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham
mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishi mumkin.
•
mehmonxona va boshqa yashash joylarida mijozlar tomonidan;
•
to‘shak va nonushta turidagi mehmonxonalarda.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har qanday taom
qoldiqlarini olib tashlash lozim.
O'zbek 3
MG30T5018AG_BW_DE68-04591W-00_UZ_F.indd 3
2020-07-09 오후 2:45:00