Инструкция Samsung MG23T5018AW/BW

Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar (стр. 152 из 192)

Бренд: Samsung

Страница 152 документа Samsung MG23T5018AW/BW. Раздел: Микроволновые печи. Бренд: Samsung.

Текст страницы

Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar

Cheklangan kafolat

Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish (Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)

(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga
tegishli)

Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar

Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu
mahsulot va uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash
qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan
keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini
ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli
atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan
zararlarning oldini olish uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan
qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona
tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.

Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish
uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida
ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana
sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.

Agar moslamaning va/yoki anjomning shikastlanishi mijoz tomonidan qilingan bo'lsa, Samsung anjomni
almashtirish yoki kosmetik defektni tuzatish uchun tuzatish to'lovini undirishi mumkin. Bu talablar
qoplaydigan elementlarga quyidagilar kiradi:

O‘yilgan, qirilgan yoki singan eshik, tutqichlar, old panel yoki boshqaruv paneli.

Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
Pechdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish uchun mo'ljallangan maqsadlardagina
foydalaning. Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar
bo'lishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Pechni o'rnatish, unga texnik xizmat
ko'rsatish va undan foydalanishda foydalanuvchi sog'lom fikr bilan ish ko'rishi, e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi
kerak.
Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi uchun mikroto'lqinli pechning
xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar
unga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa, mahalliy Samsung
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma'lumot oling.
Bu pechni faqat ovqat isitishda ishlating. Faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo'ljallangan. Ichi to'ldirilgan
mato va yostiqlarni isitmang. Ishlab chiqaruvchi pechdan noto'g'ri foydalanilganligi natijasida yetgan zarar
uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
Pech yuzasining buzilishi va xatarli holatlarning yuzaga kelmasligi uchun pechni doim toza va yaxshi ahvolda
saqlang.

Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan
bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak.
Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa
tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.

Mahsulot guruhi bayoni

Bu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi ISM jihozi hisoblanadi. 2-guruh materiallarni qayta ishlash uchun
elektromagnit nurlanish ko'rinishidagi radiochastotaviy quvvatlar hosil qiluvchi va shunday quvvatlardan
foydalanuvchi ISM qurilmalar, EDM va yoyli payvandlash uchun jihozlarni o'z ichiga oladi.
B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-joy binolarini ta'minlovchi past kuchlanishga ega bo'lgan
tarmoqqa to'g'ridan-to'g'ri ulangan binolarda foydalanish uchun mo'ljallangan.

8 O'zbek

MG23T5018AK_BW_DE68-04594L-00_UZ_F.indd 8
2020-07-09 오후 1:48:38

Оглавление

Бытовая техника / Техника для кухни / Плиты, СВЧ и печи / Микроволновые печи

DEXP EC-70

24 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Плиты, СВЧ и печи / Микроволновые печи

DEXP MW20-B02E

24 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Плиты, СВЧ и печи / Микроволновые печи

DEXP MW20-B02E

24 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Плиты, СВЧ и печи / Микроволновые печи

Gastrorag WD90023SLB7

8 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Плиты, СВЧ и печи / Микроволновые печи

HARPER HMW-20ST02

60 стр.