Инструкция холодильник с морозильником Beko B1RCNK312G

Nosozliklar tahlili (стр. 64 из 68)

Бренд: Beko

Страница 64 документа Холодильник с морозильником Beko B1RCNK312G. Раздел: Холодильники. Бренд: Beko.

Текст страницы

Nosozliklar tahlili

Texnik xizmat talab qiluvchi nosozliklar yuzaga kelmasdan avval quyidagi elementlar
tekshirilishi kerak:
Nosozliklar: Sovutgich ishlamayapti, sovutish samarasi past
Sabablar: 1. Quvvat taʼminoti ulanishini tekshiring. 2. Sovutgichga quyosh nuri bevosita tushis
hi yoki yaqinida issiqlik manbasi bor-yoʻqligini tekshiring. 3. Sovutgich atrofida issiqlik ajralish j
oyi bor-yoʻqligini tekshiring.
Nosozliklarni bartaraf qilish choralari: 1. Quvvat taʼminotini ulang. 2. Sovutgichni quyosh
nuri bevosita tushmaydigan va issiqlik manbasidan uzoq joyga koʻchiring. 3. Sovutgich va
devor oʻrtasida yetarlicha joy qoldiring.
Nosozliklar: Sovutish boʻlmasida oziq-ovqatlar muzlab qolmoqda
Sabablar: 1. Harorat sozlamasi oʻta past oʻrnatilmaganini tekshiring. 2. Suv tarkibi yuqori oziq-
ovqatlar orqa devorga juda yaqin qoʻyilmaganini tekshiring.
Nosozliklarni bartaraf qilish choralari: 1. Mos tarzda haroratni oshiring. 2. Suv tarkibi yuqori
oziq-ovqatlarni shisha tokchaning eshik tomoniga suring
Nosozliklar: Sovutgichda noodatiy tovush bor
Sabablar: 1. Sovutgichning pastki qismi barqaror ekanini tekshiring. 2. Sovutgich devorga
juda yaqinmasmi yoki yoʻqmi tekshiring. 3. Sovutgich boshqa predmetlarlarga tegib
turmaganini tekshiring.
Nosozliklarni bartaraf qilish choralari: 1 Sovutgichni barqarorlashtirish uchun quyi
qismdagi rostlovchi oyoqni rostlang. 2. Sovutgich atrofida yetarlicha joy qoldiring. 3. Toʻ
siqlarni olib tashlang.
Nosozliklar: Sovutgichda noodatiy hid bor
Sabablar: 1. Oziq-ovqatlar saqlash uchun zich qilib berkitilganini tekshiring. 2. Sovutgich
toza ekanini tekshiring. 3. Oziq-ovqatlar uzoq vaqtdan beri saqlanyaptimi yoki yoʻqmi
tekshiring.
Nosozliklarni bartaraf qilish choralari: 1. Oziq ovqatlar saqlash uchun zich berkitiladi.
2. Sovutgichni muntazam ravishda tozalab turing. 3. Oziq-ovqatlarni uzoq vaqt
davomida saqlamang.

Nosozlik sanalmaydigan holatlar

Hodisalar: Ikki tomon va sovutish va muzlatish boʻlmasi oʻrtasidagi oraliq qism iliq
yoki issiq.
Sababi: Sovutgich quvurlari (kondensator, tumanga qarshi quvurlar) issiqlikni ajratish
va kondensat hosil boʻlishining oldini olish uchun ikki tomonda va old qismda joylashgan.
Hodisalar: Eshik juda qattiq va uni ochish qiyin
Sababi: Eshik yopilishi bilanoq birdab uni ochish qiyin, chunki sovutgichga issiq havo kiradi va
bosim farqini hosil qilish uchun siqiladi. Biroz vatq oʻtib eshikni ochish osonlashadi.
Hodisalar: Sovutgichda suv oqqandagi jivirlash ovozi bor
Sababi: Kompressor ishga tushganda yoki toʻxtaganda, sovutgich shunday tovush chiqaradi;
Erishdan keyin hosil boʻlgan suv ham shunday tovush chiqaradi.
Hodisalar: Sovutgichda “shiq” yoki “tik” etgan tovush bor
Sababi: Korpus siqilish va shishishi shunday tovush chiqaradi; korpus sovuq boʻlsa yoki eshik
ochilsa, shunday ovoz chiqadi;
Hodisalar: Sovutgichda gumburlagan ovoz bor
Sababi: Kompressorning ishlashi shunday tovush chiqaradi (sovutgich baravarlanmasa, bu
tovush kuchliroq chiqadi)
Hodisalar: Muzlatish boʻlmasi eshigi yoki oziq-ovqatlar yuzasida kondensat yoki qirov
hosil boʻladi
Sababi: Sovutgich atrofidagi harorat yoki namlik yuqori; eshik uzoq vaqt ochiq qolgan;
suv tarkibi koʻp mahsulotlar zich berkitilmagan yoki qattiq oʻralgan
Hodisalar: Ichki oʻrnatilgan chiroq yuzasida kondensat hosil boʻlyapti
Sababi: Chiroq yonganidan keyin issiqlik hosil qiladi va eshik uzoq vaqt ochilgan. Harorat farqi
yuzaga keladi, shu bois chiroq korpusida kondensat hosil boʻladi.
Hodisalar: Korpusda kondensat va suvli tuman hosil boʻladi
Sababi: Sovutgich atrofida namlik yuqori va havodagi namlik korpusda yigʻilib, kondensat
hosil qiladi

16

Оглавление

Бытовая техника / Техника для кухни / Холодильное оборудование / Холодильники

Aceline В37ВHR

32 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Холодильное оборудование / Холодильники

Aceline В37ВHR

32 стр.