Текст страницы
Hurmatli mijoz!
Sovutgichdan samarali foydalanish uchun foydalanish qo’llanmasini diqqat bilan o’qib
chiqing va kelgusida amaliy yo’riqnoma sifatida saqlab qo’ying. Agar siz muzlatgichni
boshqa odamga topshirsangiz, qo’llanmani muzlatgich bilan birga topshiring.
Foydalanish qo’llanmasiga rioya etilishi muzlatgichdan sodda va xavfsiz
foydalanishni ta’minlaydi.
• Har doim tegishli xavfsizlik qoidalariga rioya qiling.
• Foydalanish qo’llanmasini xavfsiz va oson joyda saqlang.
• Iltimos, muzlatgich bilan taqdim etilgan barcha boshqa hujjatlarni o’qib chiqing.
Ushbu foydalanish qo’llanmasi bir nechta sovutgich modellari uchun qo’llanilishi
mumkin. Unda modellar orasidagi farqlar ko’rsatilgan.
Belgilar:
C
Muhim ma’lumotlar va foydali tavsiyalar. A
Elektr toki urishi xavfi.
Hayot va mulk uchun xavf. B
Sovutgichning qadog’i Atrof-muhitni muhofaza qilish to’g’risidagi milliy
qonunlarga muvofiq qayta ishlanadigan materiallardan tayyorlangan.
Bojxona ittifoqi bozorida mahsulot aylanishining yagona belgisi. Ushbu
belgi bilan belgilangan mahsulotlar texnik qoidalarda belgilangan barcha
baholash tartib-qoidalaridan o’tgan.