Текст страницы
Ishlatish boʻyicha koʻrsatmalar
Eshik signali
Sovutgich yoki muzxona eshigi yaxshi yopilmasa yoki 1 daqiqdan ortiq ochiq qolsa,
tovushli signal beriladi. Avariya signalini toʻxtatish uchun istalgan tugmani bosing va
1 daqiqadan keyin yana “bip, bip, bip” degan signal tovushi eshitiladi; signalni toʻxtatish
uchun sovutgich yoki muzxona eshigini yoping.
Muzxona boʻlmasi harorat eslatkichi
Muzxona boʻlmasi harorati -12°C dan yuqori boʻlsa, mos harorat hududi yonadi, raqamli hudud
esa oʻchib-yonib turadi. Quvvat yoniq boʻlganda muzxona boʻlmasi haroratini koʻrsatish uchun
istalgan tugmani bosing, normal displey holatini tiklash uchun tugmani qayta bosing yoki 10
soniya kuting.
Displeyni himoyalash funksiyasi
30 soniya davomida hech bir tugma bosilmasa, sovutgich displeyni himoyalash
funksiyasiga oʻtadi va tugmalar paneli avtomatik qulflanadi. Displeyni himoyalash
funksiyasida undan chiqish uchun istalgan tugmani bosing.
Boshqaruv tugmalari
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash
Sovutish boʻlmasi (2°C~8°C)
--Sovutish boʻlmasi asosan sut, tuxum va butilkadagi ichimliklar kabi oziq-ovqatlarni qisqa
muddat saqlash uchun ishlatiladi.
--Sabzavotlar, qovun va mevalarning suvi qochmasligi uchun ular meva va sabzavotlar
qutisiga joylanishi kerak.
--Sovib qotib qolmasligi va quvvat sarfi oshmasligi uchun pishirilgan oziq-ovqat mahsulotlari
konservantli paketlarga oʻralganidan keyin sovutgichga qoʻyilishi kerak.
Muzlatish boʻlmasi (-24°C~ -
15°C)
--Muzlatish boʻlmasidan oziq-ovqatlarni uzoq muddat saqlash uchun foydalaniladi.
--Muzlatiladigan baliq va goʻsht mahsulotlari kichik boʻlaklarga boʻlinishi, alohida qilib
konservantlar bilan paketlarga oʻralishi va soʻngra muzlagan tortmaga joylanishi kerak.
--Ichida suyuqligi bor shisha idishlar yoki germetik idishlar muzlash natijasida yorilishi xavfini
oldini olish uchun, ular muzxonada saqlanmasligi kerak.
--Yangi oziq-ovqat mahsulotlari muzlagan mahsulotlar bilan birga saqlanmasligi lozim.
--Oziq-ovqat mahsulotlarini muzxona devoriga yaqin qoʻymang, aks holda devor bilan qoʻshilib
muzlab qolishi mumkin.
Foydali maslahatlar:
Saqlanayotgan mahsulotlar havo chiqishi va qaytishi yoʻllarini berkitib qoʻymasligi kerak, aks
holda bu sovutish samaradorligiga taʼsir qilishi mumkin.
Sovutgichga saqlashdan oldin issiq suv va oziq-ovqat xona haroratigacha sovutilishi lozim.
Tortmalar, tokchalar, balkonlar kabi barcha aksessuarlar energiya sarfini kamaytirish uchun u
yerda saqlanishi kerak.
Muz tayyorlash (jihozda shunday funksiya boʻlsa)
Muz tayyorlash qutisining 4/5 qismini suv bilan toʻldiring va qutini
muzxonaga qoʻying. Qutidagi suv muzga aylangach, muzni
qutidan ajratib olish uchun qutini oʻgiring. Ammo qutini bukmang.
Muzni qutidan ajratishda barmoqlar muzga yopishib qolmasligi
uchun quruq mato bilan qutini oʻrang.
11