Текст страницы
quvvat tarmogʻidan uzing.
UZ
JAVOBGARLIKDAN BOSH
TORTISH/OGOHLANTIRISH
Ayrim (oddiy) nosozliklar cheklovlar
doirasida va quyidagi koʻrsatmalarga
(“Mustaqil taʼmir” boʻlimiga qarang) muvofiq
bajarilganda, ular yakuniy foydalanuvchilar
tomonidan xavfsizlik yoki xavfli foydalanish
bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelmagan
holda bartaraf etilishi mumkin.
Mustaqil taʼmir boʻyicha foydalanuvchi
yoʻriqnomasida yoki support.beko.com
saytida mavjud koʻrsatmalar va/yoki
roʻyxatda keltirilmagan qismlarlarni yakuniy
foydalanuvchi tomonidan taʼmiri va
taʼmirlashga urinishlari Beko kompaniyasiga
aloqador boʻlmagan xavfsizlik
muammolarini yuzaga kelishiga olib kelishi
mumkin va bu holat mahsulotga kafolatni
bekor qiladi.
Shu bois yakuniy foydalanuvchilarga
koʻrsatilgan roʻyxatga kirmaydigan ehtiyot
qismlarni taʼmirlashdan saqlanib, bunday
holatlarda vakolatli professional
taʼmirlovchilar yoki roʻyxatdan oʻtgan
professional taʼmirlovchilarga murojaat
qilishlari qatʼiy tavsiya etiladi. Aks holda,
yakuniy foydalanuvchining taʼmirlashga
bunday urinishlari xavfsizlik muammolariga
sabab boʻlishi va mahsulotga shikast
yetkazishi, natijada yongʻin, suv bosishi,
elektr toki urishi va ogʻir tan jarohatlariga
olib kelishi mumkin.
Misol uchun, quyidagi taʼmir turlari vakolatli
professional taʼmirlovchilar yoki roʻyxatdan
oʻtgan professional taʼmirlovchilar
tomonidan bajarilishi kerak: kompressor,
sovutish konturi, asosiy plata, invertor
platasi, displey platasi va h.
Shu bois, quyidagi “Mustaqil taʼmir”
boʻlimida boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa,
xavfsizlik bilan bogʻliq muammolarni oldini
olish uchun taʼmirlash ishlari roʻyxatdan
oʻtgan professional taʼmirchilar tomonidan
bajarilishi kerak. Roʻyxatdan oʻtgan
professional taʼmirlovchi 2009/125/EC
direktivasiga koʻra qonunchilik hujjatlarida
tavsiflangan usullarga muvofiq ishlab
chiqaruvchi koʻrsatmalarga va bu
mahsulotning ehtiyot qismlari roʻyxatiga
ruxsat bergan professional taʼmirlovchidir.
Biroq foydalanuvchi
yoʻriqnomasi/kafolat talonida berilgan
telefon raqami yoki vakolatli dileringiz
orqali bogʻlanishingiz mumkin boʻlgan
xizmat agentigina (masalan, vakolatli
professional taʼmirlovchilar) kafolat
shartlariga muvofiq xizmat taqdim etishi
mumkin. Shuning uchun, Beko vakolat
bermagan taʼmirlovchilar taqdim etgan
taʼmirlash ishlari kafolatni bekor qilishini
yodda tuting.
Mustaqil taʼmir
Yakuniy foydalanuvchi yuqoridagi talablarga
rioya qilmaganda ishlab
chiqaruvchi/sotuvchi javobgarlikni oʻz
zimmasiga olmaydi.
Yakuniy foydalanuvchi mustaqil taʼmirni
quyidagi qismlarga nisbatan amalga
oshirishi mumkin: eshik tutqichlari, eshik
ilgaklari, patnislar, savatlar va eshik
qistirmalari (yangilangan roʻyxat 2021-yil 1-
mart holati boʻyicha support.beko.com
saytida).
Sotib olgan sovutgichingizning ehtiyot
qismlari yaroqlilik muddati 10 yil.
Bu davrda asl ehtiyot qismlari sovutgich
toʻgʻri ishlashini taʼminlaydi. Siz xarid qilgan
sovutgichga beriladigan minimal kafolat
muddati 24 oy.
Bu mahsulot “G” energiya sinfli yoritish
manbasi bilan jihozlangan.
Bu mahsulotdagi yoritish manbasi faqat
professional taʼmirlovchilar tomonidan
almashtirilishi kerak.
Bundan tashqari, mahsulot xavfsizligini
taʼminlash va jiddiy jarohat olish xavfining
oldini olish uchun eslatib oʻtilgan mustaqil
taʼmir shunday taʼmir boʻyicha foydalanuvchi
yoʻriqnomasidagi yoki support.beko.com
saytida mavjud koʻrsatmalarga muvofiq
bajarilishi shart. Xavfsizligingiz uchun har
qanday mustaqil taʼmirdan oldin mahsulotni
19