Инструкция Холодильник с морозильником Бирюса 420

Страница 33 (стр. 33 из 50)

Бренд: Холодильник

Страница 33 документа Холодильник с морозильником Бирюса 420. Раздел: Холодильники. Бренд: Холодильник.

Текст страницы

XIZMAT KO’RSATISH VA QARASH

Yangi
oziq-ovqat
mahsulotlarini
saqlash
bo’linmasi

Biryusa 409, 411, 418, 420, 422, 424 modellarida yangi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash
bo’linmasida bug’latgich avtomatik ravishda eritiladi. Bugʻlatkichida qirov yoki muzlagan tomchilar
shaklida kondensatsiyalanadigan namlik kompressor o’chirilganda eriydi va suvni haydash tizimi
orqali eritilgan suv idishiga oqib tushadi, u yerda kompressor tomonidan chiqarilgan issiqlik tufayli
bug’lanadi. Normal ishlash uchun drenaj teshigi tiqilib qolmasligini kuzatib turish kerak. Drenaj
teshigi tiqilib qolsa, uni drenaj qo’shimchasi yordamida tozalash kerak.

DIQQAT!
Ish paytida muzlagan tomchilar paydo bo’lishi mumkin – bugʻlatkichida muzlagan
tomchilar nuqson emas.

Muzlatilgan
oziq-ovqat
mahsulotlarini
saqlash
bo’linmasi

O’ZBEK

• Qor qoplami mahsulotlarning intensiv sovishiga to’sqinlik qiladi va sovitkich elektr energiyasi sarf
qilinishining ko’payishiga olib keladi. Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash boʻlmasining
bugʻlatkich tokchalarida qoplam 5 mm dan oshganda sovitkichni muzdan tushirish va tozalash
tavsiya etiladi. Buning uchun sovitkichni elektr tarmogʻidan uzing.
• Sovitkichdan mahsulotlarni chiqaring.
• Eshikni ochiq qoldiring, erishni tezlashtirish uchun muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini
saqlash bo’linmasiga iliq suv solingan idishni joylashtirishga ruxsat beriladi.
• Muzning erishiga qarab, uni plastik yoki yog’och kurakcha bilan olib tashlash mumkin.
• Bryusa 408, 410 modellarini muzdan tushirishda, rasmga muvofiq, erigan suvni toʻplash uchun
mos idishni sovitkich shkafi tokchasiga, orqa devorga zich qilib qoʻying.
• Sovitkichning ichki va tashqi yuzalarini sovunli issiq suv eritmasida namlangan yumshoq mato
bilan yuving, toza suv bilan yuvib tashlang va quruq qilib arting. Eshiklari ochiq holda bir soat
davomida shamollating.

DIQQAT!
Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo’linmasining bug’latgichi yuzasidan
muzni olib tashlash uchun quyidagilardan foydalanmang:
• sovutish tizimining germetikligini buzishi mumkin bo’lgan o’tkir yoki tirnaydigan
narsalardan;
• soch qurituvchi fenlar yoki boshqa isitish moslamalaridan.
Eshikning ichki panelini yuvayotganda zichlagichning pastki qismiga suv oqishiga yo’l
qo’ymang.

Yorug’lik chiqaradigan diodli chiroqni almashtirish kafolat majburiyatlariga kiritilgan - xizmat
ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
Yorug’lik
chiqaradigan
diodli chiroqni
almashtirish

32

Оглавление

Бытовая техника / Техника для кухни / Холодильное оборудование / Холодильники

Aceline В37ВHR

32 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Холодильное оборудование / Холодильники

Aceline В37ВHR

32 стр.