Текст страницы
Ogohlantirish
Aksessuarlar
Model
Qo’llanma
foydalanuvchi, dona
Eshik menteşesi, dona
Qopqoq
eshik menteşesi, dona
Belgilash
energiya samaradorligi, dona
Uchun quti
qopqoqli muz, dona
Stend
tuxum uchun, dona
CEF537A**
1
1
1
1
1
1
CEF535A**
1
1
1
1
1
1
CEF538C**
1
1
1
1
1
1
CEF536C**
1
1
1
1
1
1
Ishlab chiqaruvchi dizayn va konfiguratsiyaga o’zgartirishlar kiritish huquqini o’zida saqlab qoladi
OGOHLANTIRISH
Uskunadan birinchi bor foydalanishdan oldin
Moʻljallanayotgan foydalanish: Ushbu uskuna faqatgina quruq, usti yopiq maishiy sharoitlarda foydalanish uchungina loyihalangan. Boshqa
turdagi foydalanish koʻzda tutilmagan foydalanish deb hisoblanadi va u jarohatlanishga olib kelishi mumkin, bu esa ishlab chiqaruvchini
javobgarlikdan ozod etadi.
Nima qilish lozim ...
Shtepsel vilkasi sovutkich ostidagi joyda chegaralanib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Sovutkichni oʻchirayotganda va yoqayotganda kabelni emas, vilkani ushlang.
Sovutkichni joydan-joyga surayotganda elektr ta’minot shnuri ustidan yurilmasligiga hamda unga zarar yetkazilmasligiga ahamiyat bering.
Shtepsel vilkasiga zarar yetmaganligiga ishonch hosil qiling, agar shunday boʻlsa, imkon qadar elektr ta’minotini oʻchiring shtepsel vilkasini
ehtiyotkorlik bilan uzib qoʻying, shuningdek uni almashtirish uchun avtorizatsiyalangan servis markazi mutaxassisi bilan maslahatlashing.
Sovutkich yon-atrofida gaz yoki boshqa yonuvchi gaz sizib chiqish manbaalari yoʻqligiga ishonch hochil qiling. Gaz sizib chiqishi mavjud
boʻlsa, gaz chiqishini toʻxtatish uchun klapanni oʻchiring; eshik va oynalarnioching, lekin sovutkich yoki boshqa har qanday uskunalarning elektr
ta’minot shnurlarini yoqmang hamda oʻchirmang.
Sovutkichni tozalash va unga xizmat koʻrsatish uchun uni elektr ta’minotidan uzib qoʻying.
Sovutkich eshikchasini dastasidan ushlab oching, eshikchalar orasidagi masofa juda tor boʻlishiga ahamiyat bering, shuning uchun
barmoqlar tiqilib qolishidan ehtiyot boʻling.
Sovutkichni oʻchirgandan soʻng, uni takroran yoqish uchun kamida 5 daqiqa qoldiring, chunki tez-tez qayta oʻchirib-yoqish kompressorga
zarar yetkazishi mumkin.
UZ
DIQQAT! Uskunaning korpusidagi yoki oʻrnatiladigan konstruksiyadagi ventilatsiya teshiklarini toʻsib qoʻymang.
Sovutkichni utilizatsiya qilishda, bolalarning tasodifan uning ichiga qamalib qolishini oldini olish maqsadida, sovutkichning eshiklarini
yechib qoʻying, eshikning zichlashtirigichlarini, tokchalarni olib tashlang, ularni kerakli joyga joylashtiring.
Ushbu uskunadan 8 yosh va undan katta bolalar, jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan odamlar, shuningdek ularning tajribasi
va bilimlari boʻlmagan holda – ularni uskunadan xavfsiz tarzda va uchrashi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni tushunish nuqtai-nazaridan nazorat
qilib yoki yoʻriq koʻrsatib turilsalar – foydalanishlari mumkin.
Sovutkich yaxshi shamollatiladigan xonada joylashtirilishi lozim. Sovutkichning ustidan kamida 20 sm va yon-atrofida kamida 10 sm joy
boʻlishiga ishonch hosil qiling.
Sovutkich va gaz trubasi orasida minimal masofa 15 sm, ular bir-biriga tegib turishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sovutkich qurilmasi shunday joylashtirilishi kerakki, shtepsel rozetkasiga qoʻl yetishi mumkin boʻlsin.
Nima qilish lozim emas ...
Sovutkich 220–240 V kuchlanishli 50 Gs chastotali oʻzgaruvchi tok elektr tarmogʻidan ishlaydi. Notoʻgʻri kuchlanishga ulanganda sovutkich
ishga tushmasligi, harorat rostlagichi, kompressorga zarar yetishi, kompressor ishlashida nome’yoriy shovqin paydo boʻlishi mumkin. Zaruriyat
boʻlsa avtomatik kuchlanish stabilizatorini oʻrnating.
Sovutkich uchun ishonchli yerga ulanish zanjiriga ega boʻlgan maxsus rozetka zarur. Sovutkichning kuchlarish kabeli 3 simli (yerga ulanish
bilan) shtepsel vilkasi bilan jihozlangan, u 3 simli (yerga ulanish bilan) standart rozetkaga mos keladi. Hyech qachon uchinchi kontakt (yerga
ulanish) simini kesib tashlamang yoki ajratib olmang. Sovutkich oʻrnatilgandan keyin vilka qoʻl yetadigan joyda boʻlishi kerak.
Hyech qachon sovutkich ichida oson alangalanuvchi, portlash xavfiga ega boʻlgan yoki korroziya jihatdan faol boʻlgan moddalarni
saqlamang.
Sovutkich ichida tibbiy dori vositalarini, bakteriologik yoki kimyoviy moddalarni saqlamang. Ushbu sovutkich maishiy elektr uskunasi
hisoblanadi. Uning ichiga qat’iy harorat sharoitida saqlanishi talab etiladigan materiallarni joylashtirish tavsiya etilmaydi.
Yongʻin kelib chiqishini oldini olish maqsadida sovutkichning bevosita yaqinida benzin yoki boshqa oson alangalanuvchi moddalarni saqlamang
va ulardan foydalanmang.
20