Инструкция холодильник с морозильником Hotpoint HDK 8201I NG

Страница 34 (стр. 34 из 48)

Бренд: Hotpoint

Страница 34 документа Холодильник с морозильником Hotpoint HDK 8201I NG. Раздел: Холодильники. Бренд: Hotpoint.

Текст страницы

1 Xavfsizlik texnikasi va atrof-muhit muhofazasi

• Sovutgichning eshigi, tortmasi va shu kabi qismlariga tik turish yoki suyanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Bunday holatlar sovutgichning qulashi va buzilishiga olib kelishi mumkin.
• Sovutgichning ustiga turishga yoki og’ir narsalarni qo’yishga yo’l qo’yilmaydi. Bu sovutgichning
deformatsiyasiga olib kelishi mumkin.
• Sovutgichni o’rnatish va surishda elektr simini siqib qo’ymaslik va shikastlamaslik uchun
ehtiyot bo’ling.

2-rasm.

1.2. Uglevodorodlar mavjudligi haqida ogohlan­
tirish
Sovutgich o’ta tez yonuvchi R600a gazidan foydalanadigan sovutish tizimi bilan jihozlangan.
Foydalanish va surish paytida tizimga zarar yetkazmaslik uchun ehtiyot bo’lish kerak. Agar sovutish
tizimi shikastlangan bo’lsa, sovutgichni alanga manbayidan uzoqroqqa olib o’ting va xonani darhol
shamollating.
1.3. Bolalar xavfsizligi
• Qadoqlash materiallarini bolalar yeta olmaydigan joyda saqlang.
• Bolalarga sovutgich bilan o’ynashiga yo’l qo’ymang.
1.4. Yo’q qilish bo’yicha ko’rsatmalar

Elektr va elektron uskunalari chiqindilarini alohida yig’ish joylari haqida ma’lumot olish
uchun mahalliy hokimiyat organlari bilan bog’laning.

Sovutgichga Yevropa Ittifoqining 2012/19 (WEEE) direktivasiga muvofiq elektr va elektron
uskunalar chiqindilarini yo’q qilish borasidagi toifalash belgisi tushirilgan. Sovutgich
yuqori sifatli qismlardan va qayta ishlatilishi mumkin bo’lgan materiallardan tayyorlangan.
Foydalanish muddati tugagandan so’ng sovutgich elektr va elektron uskunalarni qayta
ishlash bo’yicha chiqindilarni to’plash stantsiyasiga olib borilishi kerak.
C

1.5. YeOIH TR 037 va Evropa Ittifoqining Xavfli moddalardan foydalanishni cheklash
to’g’risidagi direktivasiga muvofiqligi
Sovutgich YeOIH TR 037 «Elektr texnikasi va radioelektronika mahsulotlarida zararli moddalardan
foydalanishni cheklash to’g’risida»gi Texnik reglamentiga va Evropa Ittifoqining Xavfli moddalardan
foydalanishni cheklash to’g’risidagi direktivasi (2011/65/EU) talablariga javob beradi. Unda Direktivada
va reglamentda ko’rsatilgan zararli va taqiqlangan materiallar mavjud emas.
1.6. Qadoqni yo'q qilish

Qurilmaning qadog’i atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi davlat qonunlariga muvofiq
qayta ishlanadigan xomashyodan tayyorlanadi. Qadoq materiallarini maishiy chiqindilar
yoki boshqa chiqindilar bilan birga tashlamang. Qadoq materiallarini chiqindilarni yig’ish
va to’plash uchun belgilangan joylarga (maydonlarga) olib boring. Qadoq chiqindilar
turi va guruhlari, bir hil chiqindilar (alohida yig’ish) bo’yicha alohida saqlanishi kerak. Masalan,
qadoqlash plyonkasi plastik chiqindilarni yig’ish uchun mo’ljallangan yoki qayta ishlanishi mumkin
bo’lgan chiqindilarni yig’ish uchun mo’ljallangan konteynerga solish kerak va hokazo. Chiqindilarni
vaqtinchalik yig’ish joylariga (shu jumladan, konteynerlarni belgilash turlari) nisbatan aniq talablarni
mintaqaviy hujjatlarda topish mumkin. Alohida yig’ish joylari haqida ma’lumot olish uchun mahalliy
hokimiyat organlari bilan bog’laning.

34 / UZ
Sovutgich-muzlatgich / Foydalanish qo’llanmasi

Бытовая техника / Техника для кухни / Холодильное оборудование / Холодильники

Aceline В37ВHR

32 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Холодильное оборудование / Холодильники

Aceline В37ВHR

32 стр.