Текст страницы
2 O’rnatish
Sovutgichni o’rnatayotganda tavsiya etilgan masofalar:
Oshxona plitasidan
300 мм
Devordan
50 мм
Radiatorlardan
300 мм
Isitish plitalaridan
300 мм
Yaxlatish kameralaridan
25 мм
Gaz quvurlaridan
300 мм
Ikkita muzlatgich orasiga
50 мм
Sovutgich himoya simiga ulangan rozetka vositasida ulanishi kerak. Agar sizda bunday rozetka
bo’lmasa, malakali elektr ustasiga murojaat qilishingizni maslahat beramiz.
B
Diqqat! Uchinchi shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar uchun ishlab chiqaruvchi
javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
Diqqat! O’rnatish jarayonida sovutgichning elektr kabelini elektr manbaiga ulashga yo’l
qo’yilmaydi. Ushbu qoidaga amal qilmaslik jiddiy jarohat yoki o’lim holatiga olib kelishi
mumkin.
• Tebranish oldini olish uchun sovutgich tekis yuzaga o’rnatilishi kerak.
• Sovutgichni to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari ta’siridan asrang.
• Sovutgichni -5°C dan past haroratdagi xonalarda saqlamang.
• Sovutgichni atrof-muhitning +10°C dan past bo’lgan haroratida ishga tushirishingizni tavsiya
etmaymiz.
2.2. Orqa devorga plastik cheklovchi moslamani o’rnatish
KONDENSATOR
Taqdim
etilgan
cheklovchi
moslamani
rasmda
ko’rsatilgandek o’rnating. Bu sovutgich va devor
orasidagi zarur masofani ta’minlaydi.
CHEGARALAGICH
4-rasm.
2.3. Sovutgichni tik holatda o’rnatish
Sovutgich to’g’ri turishini ta’minlash uchun old oyoqlarini
rasmda ko’rsatilgandek aylantirib sozlang. Natijada
muzlatgich vertikal holatdan 1-2 gradus orqaga og’ib
turishi kerak, shunda eshiklar yaxshiroq yopiladi.
5-rasm.
2.4. Elektr manbaiga ulash
A
Diqqat! Shikastlangan elektr kabeli sertifikatlangan xizmat ko’rsatish markazi tomonidan
almashtirilishi kerak.
Diqqat! Elektr ta’minotini ulashda uzaytirgich yoki rozetkali bloklarini ishlatmang. B
Kompaniyamiz milliy qoidalarga muvofiq himoya simiga ulanmagan va elektr ta’minotisiz ishlatish
natijasida yetkazilgan har qanday zarar uchun javobgar bo’lmaydi.
Sovutgich elektr tarmog’iga himoya simli kontakti bo’lgan ikki qutbli rozetka vositasida ulanadi Elektr
tarmog’iga ulanishdan oldin quyidagilarga ishonch hosil qiling:
• tarmoq kuchlanishi quyidagi parametrlarga mos kelishi: elektr tarmog’i kuchlanishi 220-240 V;
nominal chastotasi: 50 Hz;
• rozetka sovutgich elektr simining vilkasiga to’g’ri keladi va Yevropa standartiga muvofiq ishlab
chiqarilgan.
36 / UZ
Sovutgich-muzlatgich / Foydalanish qo’llanmasi