Текст страницы
O’rnatish va ishga tayyorlash
UZ
Sovutkich ishonchli va samarali ishlashi uchun uni to’g’ri
o’rnatish zarur.
Ventilyatsiya
Sovutkich ishlash jarayonida uning kondensator va
kompressori qiziydi, shuning uchun yetarli darajada
vetilyatsiya bo’lishi kerak. Sovutkich yaxshi shamollatiluvchi,
namlik darajasi normal bo’lgan xonaga joylashtirilishi kerak.
Sovutkichni namlik yuqori bo’lgan, masalan, vanna xonalar,
podvalga o’rnatish mumkin emas. Qurilma o’rnatilganda
havo aylanishi erkin bo’lishi uchun orqa va yon taraflardan
eng kamida 5 sm va yuqorisidan 10 sm masofa qoldirilsin.
Uskuna orqasida havo aylanishini cheklab qo’ymang.
Isitish manbalariga yaqin joyga o’rnatmang
Sovutkichni shunday joylashtirish kerakki, unga quyosh
nurlari tikka tushmasin, yoki issiqlik manbalari (oshxona
plitasi, duxovka, kamin) yonida bo’lmasin.
Tekislash
Sovutkich yaxshi ishlashi uchun u tekis joyda turishi kerak.
Sovutkichni o’rnatganingizdan so’ng uning joylashishini
old qismidagi to’g’rilovchi tirgaklar yordamida tekislang.
Sovutkichning orqaga og’ishi 5°dan ortishi mumkin emas.
Tanlangan joyning eshik o’lchamlari (eni va bo’yi), zina
o’lchamlari va boshqalarni, qurilma o’rnatish uchun to’g’ri
kelishini avvaldan tekshirib ishonch hosil qiling.
Elektr tarmog’iga ulash
Sovutkich 1-sinf elektr tokidan himoya qilish darajasida ishlab
chiqarilgan va elektr tarmog’iga ikki qubtli, yerga ulanish
qurilmali rozetka yordamida ulanadi.
Elektr tarmog’iga ulanishdan avval quyidagilarga e’tibor
bering:
– Tarmoqdagi tok kuchlanishi sovutkich bo’limi eshikdan o’ng
tomonida joylashgan eslatmada ko’rsatilgan ko’rsatkichlarga,
ya’ni ~ 220-240Vga mos bo’lishi;
– Elektr rozetkasi yerga ulanuvchi kontakti elektr tarmog’i
kabeli yerga ulanish simi bilan bevosita ulanganligi
(biriktiruvchi sim kamida 10A tok kuchiga mo’ljallangan
bo’lishi kerak);
– Elektr simi vilkasi bilan rozetka bir-biriga mos bo’lishi,
agar har xil bo’lsa vilkani almashtirish kerak (bunday ishlarni
malakali elektrchi bajarishi kerak).
Sovutkich shunday o’rnatilishi kerakki, doimo rozetkaga
ulanish imkoniyati bo’lsin. Ushbu yo’riqnomada ko’rsatilgan
yuqori quvvatli maishiy asboblarni o’rnatish talablarga amal
qilinmay ulangan sovutkich xavflidir. Ikki tarmoqli elektr
tarmog’iga bevosita ulanuvchi sovutkich himoya o’chirish
uskunasi (UZO) bilan ishlatilib, u quyidagi ko’satkichlarga
ega bo’lishi kerak: nominal kuchlanish diapazoni – 220dan
240V/50Gts, ishlash chegarasi 30mA, nominal ishdan to’xtash
vaqti – 0,1s. Elektr tarmog’I 16A ga ega bo’lgan himoya
qurilmasiga ega bo’lishi shart. Sovutish qurilmasini nosoz
elektr yuklanishdan himoya qurilmasiga ega bo’lgan elektr
tarmog’iga ulash ta’qiqlanadi.
Sovutish qurilmasining ishchi o’lchamlari.
O’rnatish talablariga rioya qilmaslik natijasida salomatlik
va mulkka keltirilgan zarar uchun ishlab chiqaruvchi javob
bermaydi.
DIQQAT!
O‘rnatishdan so‘ng, muzlatgichni elektr tarmog‘iga
ulashdan oldin taxminan uch soat kuting – bu
muzlatgichning to‘g‘ri ishlashi uchun kerak.
Sovutkichni ishlatishdan avval sovutkich va muzlatish
kameralari ichini ichimlik sodasi eritmasi bilan yuvib
chiqing. Sovutgichni elektr tarmog’iga ulaganingizdan
so’ng, termosozlagich dastasini o’rta holatda o’rnating,
bir necha soatdan so’ng sovutgich va muzlatgich
bo’limiga maxsulotlaringizni joylashtirishingiz mumkin
bo’ladi. Muzlatkichni o’rnatganda qurilmaning
harakatlanuvchi qismlarini siljitishdan ushlab turadigan
ajratgichlar va yopishqoq lentalarni olib tashlang.
Agar uskunaning usti polimer plenka bilan qo’langan bo’lsa,
ehtiyotkorlik bilan uskunaning polimer yoki lokbo’yoq
qo’lamasiga shikast yetkazmasdan uni yechib oling.
DIQQAT!
Asbobni o‘rnatayotganda ta'minlagich sim qisilib qolmagani
yoki shikastlanmaganiga ishonch hosil qiling.
DIQQAT!
Ko‘p o‘rinli ko‘chma rozetka (uzaytirgich) yoki ko‘chma
ta’minot manbalarini asbobning ortiga joylashtirmang.
32