Текст страницы
Utilizatsiya qilishga oid yo'riqlar
OGOHLANTIRISH
O'ram materiallarini utilizatsiya qilish
Jihozni o'rash uchun ishlatilgan barcha materiallar yuz foiz qayta
foydalanishga yaroqli.
Listlar va penoplastdan tayyorlangan qismlarda tegishli belgilar
ko'rsatilgan. O'ram materiallari va eskirgan jihozni xavfsizlik va
atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq utilizatsiya qiling.
OGOHLANTIRISH
Eski jihozni utilizatsiya qilish
OGOHLANTIRISH: Eski jihozni utilizatsiya qilishdan oldin uning xavf
manbasi bo'lmasligi uchun uni ishlamaydigan holatga keltiring.
Buning uchun malakali mutaxassis jihozni elektr ta'minoti tarmog'idan
uzishi va quvvat simlarini olib tashlashi kerak.
Jihozni maishiy chiqindilar bilan utilizatsiya qilish mumkin emas.
Xizmatini o'tab bo'lgan qurilmalarni to'plash sanalari va chiqindilar
utilizatsiya qilinadigan jamoat joylari haqida ma'lumot olish uchun
chiqindilarni utilizatsiya qilish mahalliy bo'limi yoki kengashiga
murojaat qiling.
Mahsulotni (ishlatilgan elektr va elektronika asbob-uskunalari) to'g'ri utilizatsiya qilish
(Chiqindilarni alohida-alohida to'plash tizimi yo'lga qo'yilgan
mamlakatlarga taalluqli)
Mahsulotda, akssessuarlarda yoki mahsulotga tegishli adabiyotlarda
ko'rsatilgan ushbu belgi mahsulot va uning elektronik askessuarlarini
(masalan, zaryadlash qurilmasi, quloqchin, USB kabel) ularning xizmat
ko'rsatish davri otgach, maishiy chiqindilar bilan birga utilizatsiya qilish
mumkin emasligini bildiradi. Nazorat qilinmaydigan utilizatsiya
natijasida atrof-muhit yoki insonlar salomatligiga zarar yetkazishdan
saqlanish, shuningdek, bu chiqindilarni takror foydalanishlishi uchun
ularni qayta ishlash imkoniyatini ta'minlash uchun mahsulot va uning
elektron aksessuarlarini boshqa chiqindilardan ayri holda utilizatsiya
qiling. Mahsulotni utilizatsiya qilish joyi va uni tabiatni muhofaza qilish
me'yorlariga muvofiq utilizatsiya qilish haqida ma'lumotlarni xarid
amalga oshirilgan do'kondan yoki tegishli davlat tashkilotidan olishingiz
mumkin. Tadbirkorlik sub'yektlari bo'lgan foydalanuvchilar
ta'minotichiga murojaat qilishlari va xarid shartnomasi shartlari bilan
tanishishlari lozim. Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini
boshqa ishlab chiqarish chiqindilari bilan birga utilizatsiya qilish
ta'qiqlanadi.
14_pokyny pro likvidaci