Текст страницы
Pishirish zonalari o'z-o'zidan o'chishining boshqa sabablari
Agar idishdagi suyuqlik qaynab toshib, boshqarish paneli ustiga
to'kilsa, barcha pishirish zonalari o'z-o'zidan o'chadi.
Avtomatik o'chish funksiyasi, shuningdek, boshqarish paneli ustiga
ho'l latta qo'ysangiz ham, faollashadi. Har ikki holatda ham, to'kilgan
suyuqlikni artib tashlaganda yoki ho'l lattani olib tashlagandankeyin
yoqish/o'chish sensor datchigi yordamida plitani qaytadan
yoqish kerak bo'ladi.
Qoldiq issiqlik indikatori
Qismlar va xarakteristikalar
Alohida pishirish zonasi yoki plita o'chirilganda, pishirish zonalariga
tegishli raqamli displeylarda qoldiq issiqlik belgisi ("hot" so'zi -
issiqlik) aks etadi. Hatto pishirish zonasi o'chirilgandan keyin ham,
qoldiq issiqlik indikatori faqat pishirish zonasi sovugandan keyin
o'chadi.
Qoldiq issiqlikdan oziq-ovqatni muzdan eritish yoki uni issiq saqlash
uchun foydalanishingiz mumkni.
OGOHLANTIRISH
Qoldiq issiqlik indikatori yonishi bilan kuyish xavfi mavjud
bo'ladi.
OGOHLANTIRISH
Agar elektr ta'minotida uzilish sodir bo'lsa, belgisi
yo'qoladi va qoldiq issiqlik haqidagi ma'lumot aks etmaydi.
Biroq kuyish xavfi saqlanib qolaveradi. Plitaga
yaqinlashganda ehtiyot bo'lish orqali kuyish xavfidan
saqlanish mumkin.
Harorat datchigi
Agar qanday sababga ko'ra pishirish zonalaridan biri xavfsizlik
darajasidan oshib ketsa, bu zona uchun eng past quvvat darajasi
avtomatik tarzda o'rnatiladi
Plitadan foydalanishni yakunlaganingizdan so'ng, sovutish ventilyatori
1 daqiqa davomida ishlab turadi.
25
Qismlar va xarakteristikalar _