Текст страницы
uz-latn-uz_main.book.book Page 22 Tuesday, June 25, 2024 7:57 AM
22
ISHLATISH
Boshqaruv paneli
Kir yuvish mashinasining rusumiga qarab boshqaruv paneli farq qilishi mumkin.
Boshqaruv paneli xususiyatlari
Tavsifi
a
Quvvat Yoqish/O‘chirish tugmasi
• Kir yuvish mashinasini yoqish yoki o‘chirish uchun ushbu tugmani bosing.
b
Dasturni tanlash murvati
• Dasturlarni kiyimlarning turiga qarab tanlash mumkin.
• Tanlangan dastur indikator chirog'i bilan ko'rsatiladi.
Izoh
• Стирка+Сушка (Yuvish+Quritish)( ): ( ) har xil rusumlar uchun farq qiladigan quritish hajmini
bildiradi.
c
Boshlash/To‘xtatish tugmasi
• Bu tugmasi yuvish dasturini boshlash yoki to‘xtatib turish uchun ishlatiladi.
• Agar yuvish dasturini vaqtinchalik to‘xtatish kerak bo‘lsa, ushbu tugmani bosing.
d
Qo‘shimcha opsiyalar va funksiyalar
• Qo'shimcha funksiyalardan foydalanish uchun tegishli tugmani 3 soniya bosib turing.
Displeyda tegishli belgi yonadi.
• Bu qo‘shimcha dasturlarni tanlash imkonini beradi va tanlanganda tegishli chiroq yonadi.
e
Sozlovchi kir yuvish dasturi tugmalari
Tanlangan dastur uchun suv harorati, aylanish tezligi va kirlanganlik darajasini sozlash uchun
shu tugmalardan foydalaning.
• Joriy sozlamalar displeyda ko‘rsatiladi.
• Sozlamalarni o'zgartirish uchun mos funktsiyaning tugmasini bosing.