Инструкция миксер Centek CT-1101

Страница 8 (стр. 8 из 20)

Бренд: Centek

Страница 8 документа Миксер Centek CT-1101. Раздел: Миксеры. Бренд: Centek.

Текст страницы

4. ISH TARTIBI
Mikserni elektr tarmog'iga ulashdan oldin, qo'llaringiz
butunlay quruq ekanligiga ishonch hosil qiling! Mikserni
birinchi marta ishlatishdan oldin barcha qo'shimchalarni
yaxshilab yuvib oling.
Kerakli qo'shimchalarni mikserning tegishli teshiklariga
joylashtiring.
Qurilmani elektr tarmog'iga ulang. Kalit yordamida
kerakli tezlikni tanlashingiz mumkin.

DIQQAT! Qurilma uzoq muddatda foydalanish uchun
mo'ljallanmagan! Uzluksiz ishlashning maksimal vaqti
5 daqiqani tashkil etadi, keyin bir necha daqiqa davomida
tanaffus talab qilinadi. Shundan so'ng siz qurilmadan
foydalanishni davom ettirishingiz mumkin.

- Qurilmani elektr simidan tortmang yoki olib yurmang.
- Qurilmani ta'mirlashdan oldin, shuningdek, qurilma
noto'g'ri ishlayotgan bo'lsa (shovqin, hid va boshqalar),
qurilmani elektr tarmog'idan uzing.
- Quvvatni o'chirishdan oldin, tezlik tugmasi "0" holatida
ekanligiga ishonch hosil qiling. Quvvat simini vilkasidan
ushlab torting. Elektr shnuri shikastlangan bo'lsa, xavfni
oldini olish uchun uni ishlab chiqaruvchi yoki uning
vakolatli xizmat ko'rsatish markazi yoki shunga o'xshash
malakali mutaxassislarga ko’rsatish kerak.
- Qurilmani o'zingiz ta'mirlashga yoki biron bir qismini
almashtirishga urinmang. Agar muammo tug'ilsa, eng
yaqin xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
- Agar siz qurilmani foydalanish uchun boshqa shaxsga
o'tkazmoqchi bo'lsangiz, iltimos, uni ushbu ko'rsatma
bilan birga o'tkazing.

Diqqat! Jarohatlanish xavfi. Hech qachon aylantiruvchi
qo'shimchalarni qo'lingiz bilan ushlamang, qo'shi-
mchalarni almashtirish faqatgina dvigatel to'liq
to'xtaganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.

5. QURILMANI TOZALASH
Qurilmani tozalashdan oldin uni elektr tarmog'idan uzing.
Qo'shimchalarni oqayotgan suvda yoki idish yuvish
mashinasida yuving va quriting. Motor blokini nam mato
bilan artib oling. Keyin uni quriting.

  • TEXNIK XUSUSIYATLARI
  • Nominal kuchlanish: 220–240 V ~50 Hz
  • Nominal quvvat: 400 W
  • Maksimal quvvat: 800 W
  1. QURILMA TAVSI FI
  2. Qo’shimchalarni chiqarib olish uchun tugma
  3. TURBO rejimi tugmasi
  4. Tezlikni boshqarish tugmasi
  5. Korpusi
  6. Ko’pirtirgich
  7. Xamir qorish uchun qorg’ich

7. QURILMANI UTILIZATSIYALASH
Xizmat muddati tugaganidan keyin qurilma oddiy maishiy
axlatdan alohida tashlanishi mumkin. Uni qayta ishlash
uchun elektron qurilmalar va elektr jihozlarini qabul
qilish uchun maxsus joyga topshirish mumkin.

- Qurilmani yoki uning quvvat simini yuqori namlikka
ega bo'lgan joylarda, issiq sirtlarda, issiqlik chiqaradigan
qurilmalar yonida yoki olovga yaqin joylashtirmang;
- Ish jarayonida aylanadigan qo'shimchalarni qo'llaringiz
va boshqa narsalar bilan ushlamang!
- Jihozni faqat yetkazib berishda qo'shilgan
aksessuarlardan foydalaning;
- Bir vaqtning o'zida faqat bitta turdagi qorg’ichlarni
o'rnating;
- Issiq suyuqliklar bilan ishlaganda juda ehtiyot bo'ling;
- Qurilmadan foydalanishdan oldin ustiga uzun sochlar va
kiyim-kechak buyumlari osib qo'yilmaganligiga ishonch
hosil qiling;
- Mikserni 5 daqiqadan ko'proq to’xtovsiz ishlatmang.
- Mikserni muzlatilgan yog' kabi qattiq mahsulotlarda
ishlatmang. Yopishqoq mahsulotlar bilan ishlashda
dvigatel kuyishi mumkin.
- Mikserdan quyidagi hollarda foydalanish mumkin emas:
• Elektr shnuri shikastlanganda;
• Qurilma sezilarli darajada buzilganda;
• Qurilma balandlikdan tushib ketganda;
• Qurilma namlanganda.
Bolalar qurilmani o'ynashlariga yo'l qo'ymang!
Ushbu uskunani zaif jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyatga
ega kishilar, yoki kam tajriba va bilimga ega shaxslar
ishlatishi mumkin emas.
- Mikser ishlatilmaganda, uning o'chiqligiga ishonch
hosil qiling!
- Qurilmani 0 ºc dan past va 35 ºc dan yuqori
haroratlarda ishlatmang.
- Elektr vilkasini rozetkaga ulamang:
• Agar qurilma to'g'ri ishlamasa (shovqin, tebranish
va boshqalar);
• Tozalash paytida;
• Har foydalanishdan oldin va keyin.

  • AKSESS UARLAR
  • Mikser - 1 dona
  • Xamirni aralashtirish uchun qism - 2 dona
  • Ko’pirtirish uchun qism - 2 dona
  • Foydalanuvchi qo’llanmasi – 1 dona

8

Бытовая техника / Техника для кухни / Нарезка и смешивание / Миксеры

Aceline PM-1481

16 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Нарезка и смешивание / Миксеры

Aceline PM-1481

16 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Нарезка и смешивание / Миксеры

Aceline PM-1561

12 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Нарезка и смешивание / Миксеры

Bufett SMP 285

19 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Нарезка и смешивание / Миксеры

DEXP PM-1510

16 стр.