Инструкция морозильный ларь CANDY CCM100R

Страница 21 (стр. 21 из 27)

Бренд: CANDY

Страница 21 документа Морозильный ларь CANDY CCM100R. Раздел: Морозильные лари. Бренд: CANDY.

Текст страницы

MUNTAZAM TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH

Muzlatgichga texnik xizmat ko'rsatish yoki tozalashni amalga oshirishdan oldin uning elektr
tarmog'idan uzilganligiga ishonch hosil qiling.

Agar muzlatgich uzoq vaqt davomida ishlatilmasa, uni elektr tarmog'idan uzing va yoqimsiz hid paydo
bo'lmasligi uchun qopqog'ini ochiq qoldiring.

NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH

1. Eshikni ochish qiyinmi?
Eshikni yopgandan so'ng, keyingi bir necha daqiqada ochish qiyin bo'lishi mumkin. Bu normal holat va
eshik zichlagichlari to'g'ri ishlayotganligini ko'rsatadi. Bir necha daqiqa kuting va siz eshikni osonroq
ochishingiz mumkin.

2. Muzlatgich ishlamayapti/sovutmayapti.
• Elektr uzilishlari bo'lmaganligiga ishonch hosil qiling.
• Elektr vilkasi shikastlanmagan va rozetkaga mahkam o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
3. Muzlatgich yaxshi ishlamayapti/indikator yoniq (7)
• Muzlatgich qopqog'i mahkam yopilganligiga ishonch hosil qiling.
• Muzlatgichning ichki devorlarida juda ko'p muz yo'qligiga ishonch hosil qiling.
• Muzlatgichga to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri yoki issiqlik manbalari ta'sir qilmasligiga ishonch hosil
qiling.

• Muzlatgichga ko'p miqdorda issiq ovqat qo'yilmaganligiga ishonch hosil qiling.
• Iqlim klassi muzlatgichning orqa tomonidagi texnik pasportida ko'rsatilgan. Bular muzlatgich to'g'ri
ishlaydigan muhit haroratidir.

4. Muzlatgich g'alati tovushlarni chiqaryapti.
Ishlayotgan kompressor dvigateli va sovutish konturida aylanib yuruvchi xladagent xarakterli
tovushlarni chiqaradi. Bu normal holat.

Muzlatgichning tashqi devorlarida kondensat hosil bo'lyapti.
Muayyan atmosfera sharoitida muzlatgichning tashqi devorlarida kondensat paydo bo'lishi mumkin. Bu
normal holat va muzlatgichning ishlashiga ta'sir qilmaydi.

SOTISHDAN KEYINGI XIZMAT KO‘RSATISH

1. Mustaqil ravishda nosozliklarni bartaraf etish.
Agar biron-bir nosozlik aniqlansa, xizmat ko‘rsatish markaziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki savdo vakili orqali
murojaat qilishdan oldin, ushbu foydalanuvchi qo‘llanmasida keltirilgan barcha ko‘rsatmalar va
maslahatlarga rioya qilinganligiga ishonch hosil qiling.

UZ

2. Sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish
Mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmati
Biz vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qilishni va original ehtiyot qismlardan foydalanishni
tavsiya qilamiz. Agar siz maishiy texnika bilan bog'liq muammolarga duch kelsangiz, avval "Nosozliklarni
bartaraf etish" bo'limini ko'rib chiqing.

Muammoning yechimini topmagan bo'lsangiz, iltimos, rasmiy dileringiz yoki vakolatli xizmat
ko'rsatish markazimizga murojaat qiling, bepul telefon raqamlar kafolat kartasida ko'rsatilgan.

Bizning xizmat ko‘rsatish markazimizga murojaat qilganingizda, quyidagi ma'lumotlarni tayyorlang,
ularni pasport tunukasida va chekda topishingiz mumkin:

Model __________________________________
Seriya raqami__________________________
Sotilgan sanasi _____________________________
Shuningdek, kafolat va sotish haqida hujjatlarini tekshiring.
Muhim! Qurilmada seriya raqamining yo‘qligi ishlab chiqaruvchiga qurilmani identifikatsiya qilishini va
natijada unga kafolat bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishini imkonsiz qiladi. Qurilmadan zavodning identifikatisya
belgilarini olib tashlash taqiqlanadi. Zavod tunukalarining yo‘qligi kafolat bo‘yicha majburiyatni
bajarilmasligiga sabab bo‘ladi.

22

Бытовая техника / Техника для кухни / Холодильное оборудование / Морозильные лари

DEXP C2-30AHR

24 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Холодильное оборудование / Морозильные лари

Frostor Gellar FG 600 C

7 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Холодильное оборудование / Морозильные лари

Frostor Gellar FG 600 C

7 стр.
Бытовая техника / Техника для кухни / Холодильное оборудование / Морозильные лари

Frostor Gellar FG 600 C

7 стр.