Текст страницы
• Changyutkich bilan qattiq, o‘tkir jismlarni tortib olmang, ular ichki
qismlarga zarar yetkazishi mumkin.
• So‘rish yoki chiqarish portini to‘sib qo‘ymang.
• Changyutkichni changquti va filtrlari joylashtirilmagan holda ishlatmang.
Tayyorgarlik
• Yeyilib ketgan, buzilgan yoki shikastlangan filtrlarni ishlatmang, filtrlar
orasidan bo‘shliq qoldirmasdan joylashtiring.
–
– Aks holda motorga chang va mayda-chuyda narsalar motorga kirishi
mumkin.
• Agar gaz sizib chiqayotgan bo‘lsa yoki changni yo‘qotgich kabi
yonuvchan moddalar sepilgan bo‘lsa, rozetkaga teginmang va xonani
shamollatish uchun derazalarni ochib tashlang.
–
– Portlashi yoki yong‘in chiqishi mumkin.
• Bu changyutkichdan qurilish chiqindilari, qiyqimlar, lazerli printer
tonerini tozalashda foydalanmang. Filtrlarda mayda zarrali chang
yig‘ilmasligi uchun ularni muntazam ravishda tozalab turing.
• Gilamni tozalovchi yoki xo‘shbo‘ylatuvchi quruq vositalar, kukunlar va
un kabi mayda changni faqat juda kam miqdorda bo‘lsa changyutkichda
tozalash kerak.
• Zinalarni tozalashda ehtiyot bo‘ling.
• Suvni tortib olish uchun ishlatmang.
• Tozalash maqsadida suvga botirmang.
• Shlangni muntazam ravishda tekshirib turish kerak va shikastlangan
bo‘lsa, ishlatmaslik kerak.
• Shnurni g‘altagiga yig‘ayotganda vilkani ushlab turing. Yig‘ayotganda
vilka sapchib ketmasin.
O‘zbek
7
4_VC3100_UZ_00753C-04_CIS.indd 7
2017-08-17 오후 5:20:40