Текст страницы
uz-latn-uz_main.book.book Page 5 Monday, May 12, 2025 2:50 PM
5
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
• Jihozni nam va chang joyga o‘rnatmang. Jihozni tashqariga yoki
to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri, shamol yoki yomg‘ir tegadigan, harorat
muzlashgacha boradigan joylarga o‘rnatmang yoki saqlamang.
• Elektr shnurininng elektr rozetkasiga to‘liq suqilganligiga ishonch
hosil qiling.
OʻZBEKCHA
• Jihozni bir nechta teshilkli rozetkalar, elektr ta’minot platalari yoki
uzaytirma elektr kabellariga ulamang.
• Ushbu jihoz bilan ta'minlangan elektr vilkasini o'zgartirmang. Agar u
rozetkaga to'g'ri kelmasa, to'g'ri rozetkani o'rnatish uchun malakali
elektrikchini chaqiring.
• Bu jihozning elektr shnuri uskunani yerga ulash simi va vilkasi (yerga
ulash kontakti) bilan jihozlangan. Barcha mahalliy qonun-qoidalarga
muvofiq tarzda o‘rnatilgan va yerga ulangan rozetkadan foydalanish
shart.
• Uskuna yerga ulash simi noto‘g‘ri ulansa, tok urishi xavfi yuzaga
keladi. Jihoz yerga to‘g‘ri ulanganligiga amin bo‘lmasangiz, malakali
elektrik yoki xizmat ko‘rsatish xodimiga murojaat qiling.
Ishlatish
• Agar jihoz shikastlangan, noto‘g‘ri ishlayotgan, qismlarga ajratilgan
yoki qismlari yetishmayotgan yoki singan, jumladan, shnur yoki
vilkasi shikastlangan bo‘lsa, uni ishlatmang.
• Jihozni ishlatish uchun boshqaruv paneliga hech qanday o‘tkir
buyumlarni qo‘llamang.
• Panellarni ajratishga yoki jihozni qismlarga ajratishga urinmang.
• Jihozning hech qaysi qismini ta’mirlamang yoki almashtirmang.
Ushbu Foydalanuvchi qo‘llanmasida boshqacha tavsiya etilgan
hollardan tashqari barcha ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish ishlari
malakali xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan amalga oshirilishi
kerak. Faqat ishlab chiqaruvchidan ruxsat berilgan ehtiyot
qismlardan foydalaning.
• Jihoz eshigi ochiq turganida uni qattiq pastga bosmang.
• Jihoz ichiga uy hayvonlari yoki boshqa jonzotlarni solmang.