Текст страницы
uz-latn-uz_main.book.book Page 44 Monday, May 12, 2025 2:50 PM
44
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH
Alomatlari
Mumkin bo'lgan sababi va yechimi
Jihozda sassiq yoki
mog‘or hidi mavjud
Drenaj shlangi noto‘g‘ri o‘rnatilgan va buning oqibatida suv jihozga
qaytib oqib kirayotgan bo‘lsa, hid paydo bo‘lishi mumkin.
• Drenaj shlangini o‘rnatishda u bukilib va to‘silib qolmaganligiga ishonch
hosil qiling.
Kir yuvish vositasi taqsimlagichi muntazam ravishda tozalanmasa,
mog‘or yoki begona moddalar hid paydo qilishi mumkin.
• Kir yuvish vositasi taqsimlagichini, ayniqsa tortmaning yuqori va past
qismidagi tirqishlarni tozalang.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Ishlab chiqarish sanasi
Ishlab chiqarish sanasi jihozning yon tomonidagi pasport yorlig‘ida joylashgan.
Sana formati: mm/yyyy
Sertifikatlash ma’lumotlari
LG Mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga qo‘ng‘iroq qilib, jihozingiz uchun sertifikatlash raqami, amal
qilish muddati va boshqalar kabi istalgan sertifikatlash ma’lumotlarini bepul olishingiz mumkin.