Текст страницы
uz-latn-uz_main.book.book Page 7 Monday, May 12, 2025 11:07 AM
7
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
• Yuvish vaqtida jihozdan chiqarilayotgan suvga tegmang.
• Drenaj shlanglarining to‘g‘ri ishlayotganligiga ishonch hosil qiling.
Ushbu tizim ishlamay qolsa, polingizni suv bosishi mumkin.
• Havo harorati baland va suv harorati past bo‘lganida
kondensatsiyalanish yuz berishi va shu orqali pol xo‘l bo‘lishi mumkin.
• Elekr shnuri vilkasidagi kirlar yoki changlarni artib tashlang.
OʻZBEKCHA
Tеxnik xizmat ko'rsatish
• Jihozni tozalashdan oldin uni elektr ta’minotidan uzib qo‘ying.
Tugmalarni "O'CHIRISH" holatiga o'rnatish yoki kutish rejimida ushbu
mashinani elektr ta'minotidan uzmaydi.
• Namlik yoki changni yaxshilab tozalab tashlagandan so‘nggina elektr
vilkasini rozetkaga ulang.
• Jihozni tozalash uchun uning ichiga yoki sirtiga suv sepmang.
• Jihozni tokdan uzishda elektr kabelidan tortmang. Doim vilkani
mahkam ushlang va rozetkadan to‘g‘ri yo‘nalishda tortib chiqaring.
• Faqat LG Electronics servis markazining malakali xizmat ko‘rsatish
xodimlari jihozni qismlarga ajratishlari, ta’mirlashlari yoki
o‘zgartirishlari mumkin. Agar jihozni boshqa joyga ko‘chirib
o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, LG Electronics mijozlarni qo'llab quvvatlash
markaziga murojaat qiling.
Chiqitga chiqarish
• Eski jihozni chiqitga chiqarishdan oldin uni tokdan uzing. Har
ehtimolga qarshi jihoz orqasidan kabelni qirqib tashlang.
• Qadoq materiallari (plastik paketlar va penoplast)ni bolalardan
uzoqroqda chiqitga chiqaring. Qadoq materiallari bo‘g‘ilib qolishga
sabab bo‘lishi mumkin.
• Bolalar yoki kichkina hayvonlarning ichkarida tiqilib qolishi xavfining
oldini olish uchun jihozni chiqitga chiqarishdan avval ta’minot
kabelini kesing va eshikni olib tashlang.