Текст страницы
uz-latn-uz_main.book.book Page 52 Sunday, June 30, 2024 3:34 PM
52
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH
Wi-Fi
Alomatlari
Mumkin bo'lgan sababi va yechimi
Siz ulanishga harakat qilayotgan Wi-Fi paroli xato.
Uy jihozingiz va
smartfoningiz Wi-Fi
tarmoqqa ulanmagan.
• Smartfoningizga ulangan Wi-Fi tarmoqni toping va uni o‘chirib yuboring,
so‘ng jihozingizni LG ThinQ ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazing.
Smartfoningizda Mobil internet yoqilgan.
• Smartfoningizda Mobil internetni o‘chiring va Wi-Fi tarmoqdan
foydalangan holda jihozingizni ro‘yxatdan o‘tkazing.
Simsiz tarmoq nomi (SSID) xato o‘rnatilgan.
• Simsiz tarmoq nomi (SSID) inglizcha harflar va raqamlar birikmasidan
iborat bo‘lishi lozim. (Maxsus belgilarni ishlatmang).
Router chastotasi 2,4 GGs emas.
• Router faqat 2,4 GGs chastotada ishlaydi. Simsiz routerni 2,4 GGs
chastotaga sozlang va jihozingizni simsiz routerga ulang. Router
chastotasini tekshirish uchun Internet xizmati provayderingizga yoki
routeringizni ishlab chiqargan kompaniyaga murojaat qiling.
Jihoz va simsiz router orasidagi masofa juda uzoq.
• Agar jihoz va simsiz router orasidagi masofa juda uzoq bo‘lsa, signal
kuchsiz bo‘lishi va ulanish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasligi mumkin. Routeringizni
jihozga yaqinroq joyga o‘rnating.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Ishlab chiqarish sanasi
Ishlab chiqarish sanasi jihozning yon tomonidagi pasport yorlig‘ida joylashgan.
Sana formati: mm/yyyy
Sertifikatlash ma’lumotlari
LG Mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga qo‘ng‘iroq qilib, jihozingiz uchun sertifikatlash raqami, amal
qilish muddati va boshqalar kabi istalgan sertifikatlash ma’lumotlarini bepul olishingiz mumkin.