Текст страницы
O’zbekcha
Oral-B sizni qutlaydi!
Cho’tkadan foydalanishdan avval yo’riqnomani yaxshilab
o’qib chiqing va uni saqlab qo’ying.
MUHIM
• Vaqti-vaqti bilan qurilma /tarmoq
shnuri /aksessuarlarning
shikastlanmaganligini tekshirib turing.
Shikastlangan yoki nosoz jihozdan
foydalanmang. Agar mahsulot/kabel
shikastlangan bo’lsa, uni Oral-B
xizmat ko’rsatish markaziga olib
boring. Qurilmani o’zgartirmang va
ta’mirlamang. Bu yong’inga, elektr
toki urishiga yoki jarohatlanishga olib
kelishi mumkin.
• Qurilmaning birorta ham tiqiniga
begona narsalarni suqmang.
• 3 yoshgacha bo’lgan bolalar tomonidan
foydalanilishi tavsiya qilinmaydi. Bolalar
va jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyatlari
cheklangan yoki tegishli tajribasi yoki
bilimi yetarli bo’lmagan shaxslar bu tish
cho’tkasidan faqat ular o’zlarining
xavfsizligiga javobgar shaxslar nazorati
ostida bo’lganlaridagina yoki jihozdan
foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar
olganlarida va uning ehtimoliy xavfini
anglab yetganlaridagina foydalanishlari
mumkin.
• Faqat tishlarni tozalash uchun
mo’ljallangan. Cho’tkani g’ajimang.
O’yinchoq sifatida yoki kattalarning
nazoratisiz foydalanmang.
81