Текст страницы
Xavfsizlik ko‘rsatmalari
Ogohlantirish: Yongʻin xavfi/alangalanadigan materiallar
Ogohlantirish: Jihozni joylashtirishda quvvat shnuri siqilib qolmasin yoki unga shikast
yetmasin.
Ogohlantirish: Jihozning orqa qismida bir nechtalik koʻchma rozetka yoki koʻchma quvvat
manbalarini qoʻymang.
3 yoshdan 8 yoshgacha bolgan bolalar sovutish jihozlariga mahsulot yuklashlari yoki olishlariga
ruxsat etiladi. Eshikni uzoq vaqt ochib qoʻyish jihozning boʻlmalarida harorat sezilarli ravishda
oshishiga sabab boʻlishi mumkin.
Oziq-ovqat mahsulotlariga tegadigan yuzalar va tozalash imkoni boʻlgan suv oqish tizimlarini
muntazam tozalab turing. 48 soat ishlatilmasa suv baklarini tozalang; suv 5 kun davomida
toʻplanmagan boʻlsa suv taʼminotiga ulangan suv tizimini chayib tashlang.
Boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga tegmasligi yoki suvi tommasligi uchun xom goʻsht va baliqni
sovutkichdagi mos konteynerlarda saqlang.
Muzlagan mahsulotlar uchun ikki yulduzli boʻlmalar oldindan muzlatilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini saqlash, muzqaymoq saqlash yoki tayyorlash va muz kubiklari tayyorlash uchun
mos keladi.
Bir, ikki va uch yulduzli boʻlmalar barra oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish uchun mos emas.
Sovutish jihozi uzoq vaqt bosh qoldirilsa, uni oʻchiring, eriting, tozalang, quriting va jihoz ichini
mogʻor bosmasligi uchun eshigini ochiq qoldiring.
2. Ehtiyot choralari
Ehtiyot choralari: Bu mahsulotning quvvat taʼminoti zavod taxtachasida koʻrsatilganiga
mos kelishi kerak va standart 3 uyali mustaqil rozetkadan ishlatilishi lozim (10A dan yuqori va
yerga xavfsiz ulangan). Bir nechta jihozni bitta rozetkaga ulamang, aks holda ortiqcha qizish
tufayli yongʻin chiqishi mumkin.
Ehtiyot choralari: Quvvat simini qoʻlingiz bilan aslo tortmang. Quvvat taʼminotini uzish
uchun quvvat ulagichini ushlab, soʻngra rozetkadan chiqarish kerak boʻladi. Elektr toki
urishining oldini olish uchun quvvat simi yoki ulagichni na qoʻllar bilan ushlamang.
Ehtiyot choralari: Quvvat simini sovutgich yoki boshqa ogʻir yuk bosib qolmasligi,
shuningdek u haddan ortiq bukilmasligi kerak. Quvvat simining shikastlanishi yoki qoplamasi
koʻchishi yongʻin yoki elektr toki urishiga sabab boʻlishi mumkin. Quvvat simi ishdan chiqsa
yoki kesilsa, darhol sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish boʻlimiga murojaat qiling.
Ehtiyot choralari: Sovutgichga oson alangalanadigan yoki portlovchi moddalar, shuningdek
3