Текст страницы
• Sovutgich ichidagi haroratga sovutgich o’rnatilgan joy, atrof-muhit harorati va eshikni ochish
chastotasi ta`sir qilishi mumkin.
• Sovutgichni uzoq vaqt davomida harorati plyus 16 °С dan past bo’lgan xonaga o’rnatganda,
u beqaror ishlashi mumkin (muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo’linmasida ovqatni
muzdan tushishi yoki haroratning oshishi ehtimoli mavjud).
Sovutgichning
optimal
ishlashini
ta`minlash uchun
qo’shimcha
maslahatlar
XIZMAT KO’RSATISH VA QARASH
Full No Frost sovitish tizimi sovitkich bugʻlatkichini avtomatik eritadi, bu imkoniyat isteʼmolchini
sovitkichni muntazam muzdan tushirish amaliyotini bajarish tashvishidan xolos qiladi.
Tozalash
Vaqti-vaqti bilan (8-10 oyda 1 marta) sovutgichni oldindan elektr ta`minoti tarmog’idan uzib,
tozalab turing.
• Eshikni ochiq qoldiring, erishni tezlashtirish uchun muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini
saqlash bo’linmasiga iliq suv solingan idishni joylashtirishga ruxsat beriladi.
• Muzdan tushirish paytida erigan suvni shimgich bilan yig’ish tavsiya etiladi.
• Muzning erishiga qarab, uni plastik yoki yog’och kurakcha bilan olib tashlash mumkin.
• Sovutgichning ichki va tashqi yuzalarini sovunli suv bilan yuving, quruq qilib arting va eshiklar
ochiq holda bir soat davomida shamollating.
O’ZBEK
Sovutgichning orqa devorida kondensator (quvurli panjara - issiqlik almashtirgich) joylashgan.
Kondensatorda to’plangan chang normal ishlashga to’sqinlik qiladi va elektr energiyasi
sarflanishining ko’payishiga olib keladi. vaqti-vaqti bilan (yiliga bir marta), sovutgichni oldindan
elektr ta`minotidan uzib qo’yib, tukli cho’tka yoki changyutgich yordamida kondensatorni
changdan tozalab turish kerak.
Agar sovutgich vaqtincha o’chirilgan bo’lsa yoki uzoq vaqt davomida foydalanishdan chiqarilgan
bo’lsa, qurilmani bo’shatish, tozalash, quritish va eshiklarni biroz ochiq qoldirish kerak.
31