Текст страницы
uz-latn-uz_main.book.book Page 45 Tuesday, June 25, 2024 7:57 AM
45
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH
Sizga eshitilishi mumkin bo‘lgan shovqinlar
Alomatlari
Mumkin bo'lgan sababi va yechimi
Baraban ichida kalit, tanga yoki to‘g‘nag‘ich singari begona jismlar
bo‘lishi mumkin.
Qarsillagan va
jaranglagan shovqin
chiqmoqda
• Jihozni to‘xtating, barabanda begona buyumlar yo‘qligini tekshiring. Agar
jihoz qayta ishga tushirilgandan keyin shovqin chiqishi davom etsa, servis
markaziga qo‘ng‘iroq qiling.
OʻZBEKCHA
Taqillagan shovqin
chiqmoqda
Og‘ir kiyimlarni yuvishda taqillagan shovqin chiqishi mumkin. Bu odatiy
holat hisoblanadi.
• Agar tovush chiqaversa, jihoz muvozanatni yo‘qotgan bo‘lishi mumkin.
Ishni to‘xtating va kiyimlarni qayta taqsimlang.
Kiyimlar notekis joylangan bo‘lishi mumkin.
• Dasturni to‘xtatib qo‘ying va eshik qulfi ochilgandan so‘ng kirlarni qayta
taqsimlang.
Tebranish shovqini
chiqmoqda
Qadoqlash materiallari olib tashlanmagan.
• Qadoqlash materiallarini olib tashlang.
Barabanda kiyimlar notekis taqsimlangan bo‘lishi mumkin.
• Dasturni to‘xtatib qo‘ying va eshik qulfi ochilgandan so‘ng kirlarni qayta
taqsimlang.
Barcha sozlanadigan oyoqchalar ham polda mustahkam va tekis
turavermaydi.
• Jihozni tekishlash uchun Jihozni tekislash ko‘rsatmalari bo‘limiga qarang.
Pol yetarli darajada qattiq emas.
• Polning qattiq va egilmaydigan ekanligini tekshiring. Mos joyni tanlash
uchun O'rnatiladigan joyga qo'yiladigan talablar bo‘limiga qarang.
Ishlatish
Alomatlari
Mumkin bo'lgan sababi va yechimi
Suv oqib ketayapti.
Uydagi drenaj quvurlari tiqilib qolgan.
• Chiqindi quvurlarini tozalang. Zarur bo‘lsa, santexnik chaqiring.
Drenaj shlangi noto‘g‘ri o‘rnatilganligi yoki tiqilib qolganligi sababli suv
sizib chiqmoqda.
• Drenaj shlangini tozalang va to‘g‘rilang. Drenaj filtrini muntazam ravishda
tekshirib va tozalab turing.
Suv chiqarish nasosi filtri qopqog‘i to‘g‘ri solinmagan.
• Drenaj nasosi filtrini qayda soling.