Текст страницы
uz-latn-uz_main.book.book Page 47 Tuesday, June 25, 2024 7:57 AM
47
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH
Alomatlari
Mumkin bo'lgan sababi va yechimi
Eshik ochilmayapti.
Jihoz ishga tushganida xavfsizlik sabablari tufayli eshikni ochib
bo‘lmaslik mumkin.
• Bu oddiy holat. H/Ã o‘chganidan keyin eshikni bemalol ochishingiz
mumkin.
Jihoz mos tarzda
to‘lmayapti.
Suv kiritish filtri tiqilib qolgan.
OʻZBEKCHA
• To‘ldirish klapanlaridagi kiritish filtrlarining tiqilib qolmaganligiga ishonch
hosil qiling.
Suv kiritish shlanglari bukilib qolgan bo‘lishi mumkin.
• Kiritish shlanglarinig bukilib yoki tiqilib qolmaganligini tekshiring.
Suv ta’minoti yetarli darajada emas.
• Issiq va sovuq suv jo‘mraklarining butunlay ochib qo‘yilganligiga ishonch
hosil qiling.
Issiq va sovuq suv ta’minot shlanglari teskari ulangan.
• Ta’minot shlanglari ulanishlarini tekshiring.
Jihozda chiqariladigan
suv yo‘q.
Drenaj shlangi bukilib qolgan.
• Drenaj shlangining bukilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Drenaj shlangi poldan 1 m dan ko‘proq balandda joylashgan.
• Drenaj shlangining jihoz tag qismidan 1 m dan ko‘proq balandda
joylashmaganligiga ishonch hosil qiling.
Haddan tashqari ko‘p kir yuvish vositasidan foydalanilgan.
• Vosita ishlab chiqaruvchisining yo‘l-yo‘riqlariga amal qiling.
Suv chiqarish nasosi filtri to‘silib qolgan bo‘lishi mumkin.
Kir yuvish vositasi
to‘liq taqsimlanmagan
yoki umuman
taqsimlanmagan.
• Drenaj filtrini tozalang.
Sikl vaqti odatdagidan
uzoqroq.
Yuklanish juda kam.
• Jihozga yuklangan kirlarni muvozanatga keltirishga imkon berish uchun
ko‘proq kir soling.
Og‘ir buyumlar yengilroq buyumlar bilan aralashib ketgan.
• Jihozga yuklangan kirlar vaznini teng taqsimlashga imkon berish uchun
o‘xshash vaznga ega bo‘lgan buyumlarni birgalikda yuvishga harakat
qiling.
Kirni yuklashda muvozanat saqlanmagan.
• Agar buyumlar o'ralib qolgan bo‘lsa, kirlarni qo‘lda qayta taqsimlashga
urinib ko‘ring.
Sikl tugashi kechikadi
Muvozanatsizlik aniqlandi yoki sovuq ko‘piklarini olib tashlash dasturi
yoqilgan.
• Bu odatiy holat. Displeyda ko‘rsatiladigan qolgan vaqt taxminiy
davomiylikdir. Asl vaqti boshqacha bo‘lishi mumkin.