Текст страницы
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Tarkibi
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Tarkibi
550-600 g
180 g pangasius yoki tilyapiya filesi, 150 g brokkoli,
1 ta apelsin, 50 g qovurilgan bodom, 30 g sariyog‘,
1 qoshiqcha un, tuz, ta’bga ko‘ra murch
2-13
Brokkoli va bodomli
baliq
Ko'rsatmalar
Apelsin po‘stini mayda elakdan o‘tkazing, ustiga apelsinni ezib,
sharbatini chiqaring. Baliqni yuvib, sho‘rva tarelkasiga soling.
Brokkolinining gullarini ajratib, baliq atrofiga qo‘yib chiqing. Apelsin
po‘sti va sharbatiga sariyog‘ va ozgina un soling. Aralashtirib, tuz va
murch qo‘shing. Mikroto‘lqinli pechda 600 vatt darajada 2 daqiqa
isiting. Baliq va karamni tayyor sousga botiring. Bodomni kesib,
baliq va karam ustiga qo‘shing, ta’bga ko‘ra murch seping. Ularni
mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing. Dasturxonga
tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
2-15
Befstroganov
200-250 g
250 g mol go‘shti, 2 ta piyoz, 1 qoshiq go‘sht
qaylasi, 2 qoshiq smetana yoki quyuq qaymoq,
1 qoshiq un, 1 qoshiq tomat pyuresi, tuz, ta’bga
ko‘ra murch
Ko'rsatmalar
Go‘shtni yuvib, quriting, keyin 5 mm qalinlikda parraklab, keyin uzun
tasma shaklida kesing. Unga tuz va murch qo‘shib, go‘sht tasmasini
unga bulang. Ortiqcha unni qoqib tashlang. Piyozni yarim halqa
shaklida kesib, go‘shtli idishga soling, ustidan qaylani quyib, tomat
pyuresini qo‘shing va aralashtiring. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. Start tugmasini bosing. Signal berilgach, chiqarib oling
va befstroganovga smetana qo‘shing. Kerak bo‘lsa tuz qo‘shing.
Mikroto‘lqinli pechga solib, yana Start tugmasini bosing. Dasturxonga
tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
2-14
Pesto sousli kalmar
250-300 g
1 ta tozalangan kalmar, 70 ml oq musallas, ½ limon,
4 ta rayhon shoxchasi, 40 g qarag‘ay yong‘og‘i,
1 dona sarimsoq, 40 ml zaytun yog‘i, tuz, ta’bga
ko‘ra murch
Pechdan foydalanish
Ko'rsatmalar
Sarimsoq, yong‘oq va rayhon shoxchalarini idishga solib, zaytun
yog‘i quying, ¼ limonni siqing va tuz qo‘shing. Aralashmani blender
bilan yanching. Kalmarni halqa shaklida to‘g‘rang, alohida idishga
solib, ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shing. Musallasni quying. Ularni
mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing. Pishirgandan
so‘ng kalmarni hosil bo‘lgan qaylada soviting, keyin chiqarib olib,
quriting. Pesto sousi bilan aralashtirib, 10 daqiqaga marinadlab
qo‘ying. Dasturxonga tortishdan oldin ustiga limon sharbati seping.
O'zbek 27
MC32K7055CT_BW_DE68-04443A-02_RU+UK+KK+UZ.indb 27
2017-02-01 2:21:57