Текст страницы
uz-latn-uz_main.book.book Page 5 Sunday, June 30, 2024 3:34 PM
5
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
tomonidan foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Agar ularning
xavfsizligi uchun javobgar biror shaxs jihozdan foydalanishda ularni
nazorat qilib tursa yoki ko'rsatma bеrib tursa, bunday shaxslar
jihozdan foydalanishlari mumkin.
• Ular jihoz bilan o‘ynamasliklarini kafolatlash uchun bolalarni jihoz
yonida nazoratsiz qoldirmang.
OʻZBEKCHA
• Elektr kabeli shikastlangan hollarda yetishi mumkin bo‘lgan
zararlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat
ko‘rsatish agenti yoki boshqa malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak.
• Yangi shlang yoki jihoz bilan birga taqdim qilingan shlanglar
to‘plamini ishlating. Eski shlanglar ishlatilsa, suv sizib chiqishi va
natijada mulkka zarar yetishi mumkin.
• Ventilyatsiya tirqishlari gilam bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak.
• Bu jihoz faqat uy ichida foydalanish uchun mo‘ljallangan.
• Kiruvchi suv bosimi 50 kPa bilan 800 kPa orasida bo‘lishi kerak.
Maksimal sig‘imi
Quruq kiyimlar uchun ayrim sikllardagi foydalaniluvchi maksimal
sig‘im Yuvish (11 kg)/Quritish (7 kg) ga teng.
Har bir Yuvish dasturi uchun tavsiya qilinuvchi maksimal sig‘im farq
qilishi mumkin. Yaxshi Yuvish natijalariga erishish bo‘yicha batafsil
ma’lumotlar olish uchun ISHLATISH bo‘limidagi Dasturlar jadvali’ga
qarang.
Quritgichdan foydalanish bo‘yicha texnik xavfsizlik qoidalari
• Moslama ichida yuvilmagan narsalarni quritmang.
• O‘simlik yog‘i, atseton, spirt, benzin, kerosin, dog‘larni ketkazgich,
atseton, mum va mum tozalagichlar kabi moddalar bilan krilangan
idishlarni issiq suvda sal ko‘proq yuvish vositasini qo‘shgan holda
yuvib tashlagandan so‘ng moslamada quritish mumkin.
• Quritish sikli tugamasdan avval moslamani hech qachon
to‘xtatmang. Issiqlik tez tarqashi uchun barcha elementlar tez olib
tashlansa, bundan mustasno.