Текст страницы
uz-latn-uz_main.book.book Page 7 Sunday, June 30, 2024 3:34 PM
7
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
• Jihozni ishlatish uchun boshqaruv paneliga hech qanday o‘tkir
buyumlarni qo‘llamang.
• Panellarni ajratishga yoki jihozni qismlarga ajratishga urinmang.
OʻZBEKCHA
• Jihozning hech qaysi qismini ta’mirlamang yoki almashtirmang.
Ushbu Foydalanuvchi qo‘llanmasida boshqacha tavsiya etilgan
hollardan tashqari barcha ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish ishlari
malakali xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan amalga oshirilishi
kerak. Faqat ishlab chiqaruvchidan ruxsat berilgan ehtiyot
qismlardan foydalaning.
• Jihoz eshigi ochiq turganida uni qattiq pastga bosmang.
• Jihoz ichiga uy hayvonlari yoki boshqa jonzotlarni solmang.
• Qarov varaqasida ishlab chiqaruvchi tomonidan yuvib bo‘lmaydigan
sifatida ko‘rsatilgan buyumlarni yuvmang.
• Jihoz tagi va atrofi iplar, qog‘oz, latta-putta, kimyoviy moddalar va shu
kabi yonuvchi materiallardan xoli tutilsin.
• Jihoz eshigini ochiq qoldirmang. Bolalar eshikka osilishi yoki jihoz
ichiga kirishi mumkin, natijada jarohat olishi yoki jihozga shikast
yetkazishi mumkin.
• Yonuvchan yoki portlovchi moddalar (masalan, mum, mumni
tozalagich, moy, bo‘yoq, benzin, yog‘ni yo‘qotuvchi modda, kimyoviy
tozalash eritmalari, kerosin, yoqilg‘i, dog‘ni ketkazgich, atseton,
sabzavot yog‘i, iste’mol yog‘i, spirt va hokazolar) bilan yonuvchan
moddallar bilan kirlangan matolarni solmang, yuvmang yoki
quritmang. Noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yong‘in yoki portlash sodir
bo‘lishi mumkin.
• Jihoz yaqinida yonuvchan yoki portlovchan moddalarni (efir, benzin,
spirt, kimyoviy moddalar, suyultirilgan gaz, yonuvchan sprey, gazolin,
neft, insektitsidlar, havo tozalovchi, kosmetika mahsulotlari va hok.)
saqlamang yoki ulardan foydalanmang.
• Jihoz ishlab turganida uning ichki qismlariga tegmang. Baraban
butunlay to‘xtashini kuting.
• Yuqori haroratli dastur paytida eshikka tegmang.
• Jihozdan suv oqib ketayotgan hollarda elektr rozetkadan uzing va LG
Electronics mijozlarni qo'llab quvvatlash markaziga murojaat qiling.