Текст страницы
uz-latn-uz_main.book.book Page 8 Sunday, June 30, 2024 3:34 PM
8
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
• Shlangni va klapanlardagi bosimni pasaytirish va qurilmaning ishdan
chiqishi yoki shlang buzilgan taqdirda oqish xavfini kamaytirish
uchun suv kranini yoping. Suv ta'minoti shlanglarining holatini
tekshiring: ularni ishga tushirgandan keyin 5 yil o'tgach, ularni
almashtirish kerak bo'lishi mumkin.
• Agar uyda gaz oqishi (izobutan, propan, tabiiy gaz va boshqalar)
aniqlansa, qurilmaga yoki elektr vilkasiga tegmang va darhol xonani
ventilyatsiya qiling.
• Agar drenaj shlangi yoki kirish shlangi qishda muzlab qolsa,
ishlatishdan oldin eriting.
• Kir yuvish vositalari, yumshatgich va oqartirgichlarni bolalardan
uzoqda tuting.
• Ho‘l qo‘lingiz bilan elektr vilkasiga yoki jihozning tugmalariga
tegmang.
• Elektr kabelini haddan ortiq bukmang yoki ustiga og‘ir buyum
qo‘ymang.
• Yuvish vaqtida jihozdan chiqarilayotgan suvga tegmang.
• Drenaj shlanglarining to‘g‘ri ishlayotganligiga ishonch hosil qiling.
Ushbu tizim ishlamay qolsa, polingizni suv bosishi mumkin.
• Havo harorati baland va suv harorati past bo‘lganida
kondensatsiyalanish yuz berishi va shu orqali pol xo‘l bo‘lishi mumkin.
• Elekr shnuri vilkasidagi kirlar yoki changlarni artib tashlang.
Tеxnik xizmat ko'rsatish
• Jihozni tozalashdan oldin uni elektr ta’minotidan uzib qo‘ying.
Tugmalarni "O'CHIRISH" holatiga o'rnatish yoki kutish rejimida ushbu
mashinani elektr ta'minotidan uzmaydi.
• Namlik yoki changni yaxshilab tozalab tashlagandan so‘nggina elektr
vilkasini rozetkaga ulang.
• Jihozni tozalash uchun uning ichiga yoki sirtiga suv sepmang.
• Jihozni tokdan uzishda elektr kabelidan tortmang. Doim vilkani
mahkam ushlang va rozetkadan to‘g‘ri yo‘nalishda tortib chiqaring.