Текст страницы
- Sovitish kimyoviy moddasining aylanish sxemasiga zarar yetkazmang.
- Agar sovitish janjiridan sizib chiqsa, yonuvchan gaz-havo aralashmasi hosil
bo‘lishining oldini oling, jihozning ichida R-600a sovitish moddasining har 8
g uchun xona o‘lchami 1 m³ bo‘lishi kerak. Shikastlanish belgilarini ko‘rsatgan
jihozni tarmoqdan uzing va shubha bo‘lsa, diler bilan maslahatlashing.
9. Izolyatsiya uchun siklopentandan foydalanilgan. Izolyatsion materiallardagi
gazlar maxsus yo‘l bilan chiqitga chiqazishni talab qiladi. Ekologik toza
chiqitga chiqarish borasida mahalliy hukumatlarga murojaat qiling.
10. Favqulodda holatda jihozni tezda sug‘urib olish uchun rozetka qulay joyda
bo‘lishi lozim.
11. Jihozni joylashtirishda elektr shnuri ilinib yoki shikastlanib qolmasin.
12. Troyniklar yoki ko‘chma elektr manbalarini jihozning orqa tomoniga
joylashtirmang.
13. Bu qurilma uy sharoitida va
-
do‘konlardagi oshxona hududlari, ofislar va boshqa ish muhitlari;
-
fermer xo‘jaliklarida va mehmonxonalar, motellar va boshqa turar-joy
muhitlaridagi mijozlar tomonidan;
-
uxlash va nonushta turidagi muhitlarda;
-
umumiy ovqatlanish va shunga o‘xshash chakana savdo uchun
qo‘llanilmaydigan boshqa joylarda foydalanish uchun mo‘ljallangan.
14. Jihoz to‘sig‘idagi yoki ichki o‘rnatilgan tuzilmasidagi ventilyatsiya tuynuklari
to‘silib qolmasin.
15. Muz erishi jarayonini tezlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi tavsiya
qilganlaridan o‘zga mexanik qurilmalar va boshqa vositalardan foydalanmang.
16. Agar ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan bo‘lmasa, jihoz ichidagi oziq-ovqat
saqlanadigan bo‘lmalarda elektr jihozlaridan foydalanmang.
17. Uchuvchan yoki yonuvchan jismlar yoki moddalarni sovitkichda saqlamang.
-
Muzlatgich faqat oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan.
-
Bu elektr toki urishi, yong‘in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
18. Bu moslama ichida katalizatorga ega aerozol idishlar kabi portlovchi
narsalarni saqlamang.
19. Elektr tokdan samarali tarzda foydalanish uchun savatchalar, surilma qutilar,
polkalar kabi barcha ichki moslamalarni ishlab chiqaruvchi tomonidan
ta’minlangan o‘rinda saqlang.
20. Faqat ichimlik suvi kraniga ulang. (faqat tegishli modellar)
3
O‘zbek
DA68-04858G-01_Simple_SBS_RS5000F_UZ.indd 3
DA68-04858G-01_Simple_SBS_RS5000F_UZ.indd 3
2025-07-30 10:32:17
2025-07-30 10:32:17