Текст страницы
Muzlatgich
Oddiy foydalanuvchi qo‘llanmasi
Buni telefoningiz bilan skanerlang.
•
Mahsulotlarni o‘rnatish va tozalash bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar olish uchun Samsung veb-saytiga
(http://www.samsung.com) kiring, Qo‘llab-quvvatlash > Qo‘llab-quvvatlash bosh sahifasiga o‘ting va
keyin model nomini kititing.
•
Mahsulot modeli nomini tekshirish uchun mahsulotga yopishtirilgan yoki mahsulotga biriktirilgan
yorliqqa qarang.
•
QR kodni skanerlash ilovasini oching va mahsulotga biriktirilgan QR kod tasvirini skanerlang. “Mahsulot
registratsiyasi”, “Qo‘llanma” va “Mijozlarga yordam” xizmatiga kirishingiz mumkin.
•
Rasmlar va tasvirlar faqat ma’lumot uchun berilgan va haqiqiy mahsulot ko‘rinishidan farq qilishi
mumkin. Mahsulot dizayni va xususiyatlari eslatmasiz o‘zgartirilishi mumkin.
Xavfsizlik ma’lumotlari
•
Yangi Samsung jihozlaringizni olganingiz bilan tabriklayman. Bu qo‘llanmada jihozni o‘rnatish, ishlatish va parvarishlash
bo‘yicha muhim ma’lumotlar mavjud. Siz yangi jihozingiz taklif qiladigan xususiyat hamda funksiyalarni xavfsiz va samarali
ishlatishni bilib olishingizni ta’minlash uchun jihozlarni ishlatishdan oldin qo‘llanmani diqqat bilan o‘qing.
Muhim xavfsizlik belgilari
Bu qo‘llanmadagi ikonkalar va belgilar nimani bildiradi:
OGOHLANTIRISH
Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jiddiy jarohat olish, o‘lim va/yoki mulkka zarar yetishiga
olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jarohat olish va/yoki mulkka zarar yetishiga olib kelishi
mumkin.
Ko‘rsatmalarni o‘qing
Ushbu qo‘llanmani o‘qib chiqqandan keyin keyinchalik undan ma’lumot olish uchun uni ishonchli joyda saqlang.
Jihozni ishlatishdan oldin barcha ko‘rsatmalarni o‘qing.
ESLATMA
Foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot
DA68-04858G-01_Simple_SBS_RS5000F_UZ.indd 1
DA68-04858G-01_Simple_SBS_RS5000F_UZ.indd 1
2025-07-30 10:32:16
2025-07-30 10:32:16