Текст страницы
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Pechning to'g'ri ishlashini tekshirish
Mikroto'lqinli pechning ishlash tamoyili
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pech to'g'ri ishlayotganini tekshirish
imkonini beradi.
Agar muammo bo‘lsa, “Nosozliklarni bartaraf etish” bo‘limining 31 - 34 betlariga qarang.
IZOH
Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan
quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
•
Muzdan tushirish
•
Isitish
•
Taom tayyorlash
Mikroto'lqinli pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Aylanuvchi
patnis pechga joylashtirilishi kerak. Agar maksimal quvvatdan (100 % - 800 Vt) boshqa quvvat ishlatilsa,
suv kechroq qaynaydi.
Taom tayyorlash tamoyili
3
1.
Pech eshigini ochish uchun tutqichni torting.
2.
Aylanuvchi patnisga bir stakan suvni qo‘yib,
eshigini yoping.
3.
СВЧ (Mikroto'lqin) tugmasini bosing.
4
4.
Vaqtni belgilash uchun СТАРТ/+30сек
(BOSHLASH/+30s) tugmasini 4 yoki 5 marta
bosing.
5.
Mikroto'lqinli pech belgilangan vaqt davomida
suvni isitadi. Suv qaynayotganiga amin bo‘ling.
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
1.
Magnetron tomonidan hosil qilinadigan
chuqurlikdan qaytarilgan mikroto'lqinlar
aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida
bir tekis taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir
tekis tayyorlanadi.
2.
Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm)
chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlikning mahsulot
ichida tarqalishi hisobiga pishirish davom
ettiriladi.
3.
Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va
mahsulotning quyidagi xususiyatlariga bog'liq
ravishda turlicha bo'ladi:
•
Miqdori va zichligi
•
Tarkibidagi suv miqdori
•
Boshlang'ich harorat (mahsulotning
muzlatilganligi yoki yo'qligi)
IZOH
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi uchun
taom tayyorlash jarayoni hattoki taom pechdan olingandan keyin ham davom etadi. Shuning uchun
quyidagilarni ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish
vaqtiga amal qilish lozim:
•
Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.
•
Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.
O'zbek 11
MS23T5018AK_BW_DE68-04595G-03_UZ_FULL.indd 11
MS23T5018AK_BW_DE68-04595G-03_UZ_FULL.indd 11
27/6/2022 12:45:26 PM
27/6/2022 12:45:26 PM