Текст страницы
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
Nosozlik ro‘y bersa yoki tozalash maqsadida jihozni elektr ta’minotidan butunlay uzilgan deb
hisoblanadi, qachonki:
•
rozetkadan o‘chirilgan va vilka sug‘urib olingan yoki
•
elektr tarmog‘ida o‘chirilgan yoki
•
elektr tarmog‘i saqlagichidan uzilgan yoki
•
saqlagich yechib olingan (tegishli mamlakatlarda).
Ishlab chiqaruvchi ruxsat bermasa, jihozga hech qanday o‘zgarish kiritmang.
Hech qachon jihozning qoplamasi/korpusini ochmang. Elektr ulanishlar yoki detallar hamda
mexanik qismlarga teginish juda xavfli bo‘lib, jihoz ishdan chiqishi yoki tok urishi mumkin.
Kafolat muddatida jihozni ta’mirlash ishlarini ishlab chiqaruvchi tasdiqlagan texnik bajarishi lozim.
Aks holda kafolat yo‘qqa chiqadi.
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
Jihozni o‘rnatayotganda, havo aylanishi uchun jihozning tepasi, chap, o‘ng va orqa tomonlarida
yetarlicha oraliq qoldiring. Jihoz va rakovina orasida yetarlicha oraliq bo‘lmasa, rakovinaga zarar
yetkazishi yoki mog‘or bosishi mumkin.
Mashinaning qattiqlik darajasi sozlamasi hududingizga moslanganligiga amin bo‘ling. (41-betdagi
Tuz idishi bo‘limiga qarang.)
O'zbek
12
DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_UZ.indd 12
9/2/2019 12:08:05 PM