Текст страницы
Ilova
Tashish/ko‘chirish
Idish yuvish mashinasining ichi bo‘sh bo‘lsin, hech qaysi detali bo‘shab qolmasin. Avval mashinani
quyidagicha bo‘shating.
1. Eshigini oching, keyin mashinani yoqing’.
2. EKO siklini tanlab, ishlating.
3. START (BOSHLASH) tugmasini bosing, keyin eshikni yoping.
4. Sikl tugallangach, 5 soniyadan keyin eshigini oching.
5. Suvni chiqarib tashlash uchun START (BOSHLASH) tugmasini 3 soniya bosib turing.
6. Eshikni yoping.
7. Chiqarib tashlangach, eshigini oching.
8. Mashinani o‘chiring, keyin suv kranini yoping.
9. Suv shlangi va oqava shlangini ajrating.
DIQQAT
Idish yuvish mashinasini ko‘chirayotganda silkitmang yoki chayqatmang. Qoldiq suvlari oqib
chiqishi mumkin.
Muzlashdan himoya
Agar idish yuvish mashinasi uzoq vaqtga muzlash xavfi bor joyda qoldirsangiz, ichini bo‘shatishni
unutmang. Tafsilotlarini “Tashish/ko‘chirish” bo‘limidan ko‘ring.
Idish yuvish mashinasini chiqitga chiqarish va atrof-muhitni asrash
Idish yuvish mashinasi qayta ishlatilishi mumkin bo'lgan materiallardan tayyorlangan. Agar uni
chiqitga chiqarmoqchi bo'lsangiz, chiqindilarni chiqitga chiqarish mahalliy qoidalariga amal qiling.
Jihozni elektr manbaiga ulash mumkin bo‘lmasligi uchun elektr shnurini qirqib tashlang.
Hayvonlar yoki bolalar mashina ichiga qamalib qolmasliklari uchun jihoz eshigini olib tashlang.
Ilova
O'zbek
62
DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_UZ.indd 62
9/2/2019 12:08:39 PM