Текст страницы
O‘rnatish bo‘yicha talablar
Yong‘in, tok urishi yoki jarohatning oldini olish
uchun, simlarni ulash va yer bilan tutashtirish
ishlarini malakali texnik bajarishi kerak.
Suv quyish
•
Suv ta’minoti quvuri 0,04-1,0 MPa orasidagi
bosim bilan ishlay olishi kerak.
•
Suv harorati 60 °C dan past bo‘lishi kerak.
•
Jo‘mrakka 3/4” tashqi rezbali kran
o‘rnatilishi kerak.
Elektr ta’minoti
•
Idish yuvish mashinasi uchun alohida
220-240 V, 50 Gs tok taqsimlagich.
•
Maksimal ruxsat berilgan toki 16 A bo‘lgan
rozetka (mashina uchun maksimal tok 11 A)
OGOHLANTIRISH
O‘rnatish
•
Uzaytirgichdan foydalanmang.
•
Faqat idish yuvish mashinasi bilan berilgan
vilkani ishlating.
•
O‘rnatish tugallangach, vilka bukilmagan
yoki shikastlanmaganiga amin bo‘ling.
Sizib chiqish xavfini kamaytirish uchun:
•
Suv kranlaridan osongina foydalanish
mumkinligiga ishonch hosil qiling.
•
Idish yuvish mashinasi ishlatilmayotganida
kranni yoping.
•
Suv shlangi fitinglaridan sizib
chiqmayotganini muntazam ravishda
tekshirib turing.
•
Sizib chiqishni to‘xtatish uchun suv
quvuri ulangan joylarini teflon tasma yoki
germetik bilan izolyatsiya qiling.
Yerga ulash
Doimiy yerga ulash uchun mashinani yerga
ulangan metall yoki doimiy sim tizimiga
ulash kerak. Yerga ulash simi zanjirdagi
o‘tkazgichlardan o‘tib, keyin mashinadagi
yerga ulash qisqichi yoki simiga ulanishi kerak.
Aqua Stop
Aqua Stop bu suv sizib chiqishining oldini
oladigan elektron komponentdir. Aqua Stop
suv shlangiga biriktiriladi va shlangga shikast
yetsa, avtomatik ravishda suvni yopadi.
OGOHLANTIRISH
DIQQAT
•
Aqua Stopni ehtiyotkorlik bilan ishlating.
•
Aqua Stop bilan ulangan suv shlangini
buramang yoki qayirmang. Agar Aqua Stop
shikastlansa, darhol kranni yopib, vilkani
sug‘uring. Keyin mahalliy Samsung xizmat
ko‘rsatish markazi yoki malakali texnikka
murojaat qiling.
•
Yerga ulash simini hech qachon plastik
vodoprovod liniyalari, gaz ta’minlash
liniyalari yoki issiq suv quvuriga ulamang.
Noto‘g‘ri ulangan yerga ulash o‘tkazgichlari
elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
•
Mashinaning vilkasini o‘zgartirmang.
Agar vilka rozetkaga mos kelmasa,
tegishli rozetkani o‘rnatish uchun malakali
elektrikka murojaat qiling.
O'zbek
15
DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_UZ.indd 15
9/2/2019 12:08:12 PM