Текст страницы
DIQQAT
•
Kul, qum, mum, smazka yoki bo‘yoq tekkan narsalarni yuvmang. Bular mashinaga ziyon
yetkazishi mumkin. Kul erimaydi va mashina ichiga sochilib ketadi.
•
Idishlardagi ovqat qoldiqlari, masalan, suyaklar, meva danaklari va hokazo chiqindilar, tish
kavlagichlar, salfetkalar va boshqalarni olib tashlang. Ovqat qoldiqlari va chiqindilar shovqin
chiqarishi, mashina noto‘g‘ri ishlashi, idishlar va mashinaga shikat yetishi mumkin.
Idish yuvish mashinasiga mos kelmaydigan narsalar
OGOHLANTIRISH
Boshlashdan oldin
Faqat idish yuvish mashinasiga mos keladigan shisha, chinni va keskichlarni yuving. Alyumin
buyumlarni yuvmang (masalan, yog‘ filtrlari). Idish yuvish mashinasi alyuminga shikast yetkazishi
va kamdan-kam hollarda jiddiy kimyoviy reaksiya boshlanib ketishi mumkin.
Idish yuvish mashinasida quyidagi buyumlarni yuvmang.
•
Mis, jez, tunuka, fil suyagi va alyumin buyumlar yoki yelimli buyumlar
•
Issiqlikka chidamisiz plastik
•
Hunarmandchilik buyumlari, qimmatbaho vazalar va dekorativ shisha buyumlari
•
Kulolchilik yoki sirlangan keramik buyumlar
•
Yog‘och keskichlar va idishlar yoki yog‘och qismli buyumlar
•
Nozik shisha idishlar yoki billur buyumlar. Shisha idishlar ko‘p yuvilsa, xiralashishi mumkin.
QAYD
Oltingugurtli taomga tekkan kumush idishlarning rangi o‘chishi mumkin. Oltingugurtli taomlarga
tuxum sarig‘i, piyoz, mayonez, xantal, baliq, baliq tuzlangan suv va marinadlangan taomlar kiradi.
O'zbek
31
DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_UZ.indd 31
9/2/2019 12:08:22 PM