Текст страницы
Boshlashdan oldin
Chayish vositasi miqdori sozlamasi
Sikl paytida solinadigan chayish vositasi miqdorini o‘zgartirish mumkin.
1. Chayish vositasi miqdori sozlamasi menyusini tanlash uchun Dezinfeksiya tugmasini bosing.
- Displeyda joriy sozlama ko‘rsatiladi. (Odatiy sozlama: “d4”)
- Sozlamani o‘zgartirish uchun AVTO (DW50R4070BB / DW50R4060BB modeli) yoki Normal
(DW50R4050BB / DW50R4040BB modellari) tugmasini bosing.
- d1 - d5 orasidan tanlash mumkin (minimum – maksimum).
3. Sozlamani saqlash uchun 5 soniya kutib turing.
Suvning qattiqligi darajasi sozlamasi
Suvning qattiqlik darajasini hududingizdagi suv qattiqligiga moslab o‘zgartirish mumkin. Bu
sozlamaning o‘zgarishi mashinaning tuz idishidagi tuzning sarfiga ta’sir qiladi.
1. Suvning qattiqligi darajasi sozlamasi menyusini tanlash uchun Boshlanishda pauza tugmasini
bosing.
- Displeyda joriy sozlama ko‘rsatiladi. (Odatiy sozlama: “H4”)
2. Sozlamani o‘zgartirish uchun AVTO (DW50R4070BB / DW50R4060BB modeli) yoki Normal
Boshlashdan oldin
(DW50R4050BB / DW50R4040BB modellari) tugmasini bosing.
- H1 – H6 orasidan tanlash mumkin (yumshoq – qattiq).
3. Sozlamani saqlash uchun 5 soniya kutib turing.
QAYD
•
Sozlamani 49-betdagi “Tuz sarfini sozlash” bo‘limidagi jadvalga qarab o‘zgartiring.
•
Zavodda qo‘yilgan sozlamasi: H4 (EN50242)
•
Sozlamaga qarab, mashina suvni yumshatkichni har 3-4 siklda qayta tiklaydi. Ammo sozlamani
o‘zgartirgandan keyin birinchi siklda qayta tiklaydi.
O'zbek
44
DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_UZ.indd 44
9/2/2019 12:08:33 PM