Текст страницы
WEEE belgisiga oid ko‘rsatmalar
Xavfsizlikka oid ma’lumotlar
Mahsulotni chiqitga chiqarish qoidalari (chiqindi elektr va elektron jihozlar)
(Chiqindilarni alohida to‘plash tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlarga tegishli)
Ushbu nishonning mavjudligi ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi
qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli)
xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar
bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Nazoratsiz tarzda
chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhit yoki odamlarning salomatliklariga
zarar yetkazishning oldini olish uchun ushbu mahsulot va uning elektron
yordamchi qurilmalarini boshqa chiqindilardan ajrating va ularni mas'uliyatli
ravishda chiqitga chiqaring - bundan maqsad material resurslardan
muntazam qayta foydalanish tajribasini keng tarqatishdir.
Uyda foydalanuvchilar tabiatni asrash me’yorlariga muvofiq mahsulotlarni
chiqitga chiqarish joyi va usuli to‘g‘risida ma’lumot olish uchun sotuvchi yoki
tegishli davlat tashkilotlari bilan bog‘lanishlari kerak.
Korxonalar o‘zlarining ta’minotchilari bilan bog‘lanib, xarid shartnomasining
shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron
yordamchi qurilmalarini tashlab yuboriladigan boshqa ishlab chiqarish
chiqindilari bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
Samsung’ning atrof-muhitga oid mas’uliyati va mahsulotga taalluqli normativ majburiyatlari,
ya’ni REACH bilan tanishish uchun quyidagi manzilga o‘ting: samsung.com/uk/aboutsamsung/
samsungelectronics/corporatecitizenship/data_corner.html
O'zbek
5
DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_UZ.indd 5
9/2/2019 12:08:05 PM