Инструкция Samsung DW50R4050BB/WT

Ishlatishga oid yo‘l-yo‘riqlar (стр. 212 из 272)

Бренд: Samsung

Страница 212 документа Samsung DW50R4050BB/WT. Раздел: Встраиваемые посудомоечные машины. Бренд: Samsung.

Текст страницы

Xavfsizlikka oid ma’lumotlar

Ishlatishga oid yo‘l-yo‘riqlar

Bu idish yuvish mashinasi tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallanmagan. Uni maishiy
sektorda va shu kabi ishxona va yashash joylarida ishlatish lozim, jumladan:

Do‘konlar

Ofislar va shou-rumlar
va quyidagi joylarda yashovchilar tomonidan:

Yotoqxona va pansionlar.

Uni shu qo‘llanmada belgilangan tarzda maishiy jihoz sifatida, uydagi idishlar va keskichlarni
yuvish uchun ishlatish lozim. Boshqa maqsadda foydalanishni ishlab chiqaruvchi qo‘llab-
quvvatlamaydi va bu xavfli bo‘lishi mumkin.

Noto‘g‘ri ishlatishdan kelib chiqqan zararlar uchun ishlab chiqaruvchi javobgar bo‘lmaydi.

Xavfsizlikka oid ma’lumotlar

Mashinada eritgich ishlatmang. Portlash xavfi bor.

Idish yuvish vositasini ichga tortmang yoki yutmang. Idish yuvish vositasi tarkibida qo‘zg‘atuvchi
va korroziv moddalar bor bo‘lib, yutilsa, burunni, og‘izni va tomoqni achishtirishi yoki nafas
olishni qiyinlashtirishi mumkin. Agar yuvish vositasi yutilsa yoki ichga tortilsa, darhol shifokorga
murojaat qiling.

Eshigi zaruriyatsiz ochiq qolmasin, chunki unga qoqilib ketishingiz mumkin.

Ochiq eshigi ustiga o‘tirmang yoki suyanmang. Natijada mashina ag‘darilib ketib, shikastlanishi va
sizga jarohat yetishi mumkin.

Faqat maishiy idish yuvish mashinalari uchun chiqarilgan yuvish va chayish vositalarini ishlating.
Idish yuvish suyuqligini ishlatmang.

Kuchli kislotaviy tozalash vositalaridan foydalanmang.

Chayish vositasi rezervuariga kukunli yoki suyuq yuvish vositasi solmang. Rezervuarga jiddiy
zarar yetadi.

Tuz idishiga tasodifan kukunli yoki suyuq yuvish vositasi solinsa, suv yumshatkichga zarari
tegadi. Tuz idishini to‘ldirishdan oldin kerakli tuz paketini tanlaganingizga amin bo‘ling.

Maxsus yirik zarrali tuz ishlating, boshqa turdagi tuzlar tarkibida erimaydigan qo‘shimchalar
bo‘lib, ular yumshatkichning ishlashiga ta’sir qilishi mumkin.

Keskichlar savati mavjud jihozda (modelga bog‘liq), keskichlar sopini pastga qilib joylashtirilsa,
yaxshiroq tozalanadi va quritiladi. Ammo jarohat yetmasligi uchun pichoq, sanchqi va hokazolarni
sopini tepaga qilib joylashtiring.

Qaynoq suvda yuvishga mos kelmaydigan plastik buyumlar, masalan, bir martalik plastik idishlar,
plastik keskich yoki idishlarni mashinada yuvmaslik kerak. Mashinadagi yuqori harorat tufayli ular
erishi yoki shakli buzilishi mumkin.

Boshlanishda pauza funksiyasi mavjud modellarda yuvish vositasini qo‘shishdan oldin dispenser
quruq ekanligiga amin bo‘ling. Kerak bo‘lsa, artib quriting. Nam dispenserga solingan vosita tiqilib
qolib, yaxshi taqsimlanmasligi mumkin.

Pichoq va boshqa o‘tkir jismlar uchini pastga qilib yoki gorizontal holatda savatga solinishi kerak.

O'zbek
8

DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_UZ.indd 8
9/2/2019 12:08:05 PM

Оглавление

DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_RU 1
DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_UK 69
DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_KK 137
Бытовая техника / Встраиваемая техника / Встраиваемые посудомоечные машины

CANDY CI 4E7L0W-08

48 стр.
Бытовая техника / Встраиваемая техника / Встраиваемые посудомоечные машины

CANDY NOVA CI 4A7E0AA-08

100 стр.
Бытовая техника / Встраиваемая техника / Встраиваемые посудомоечные машины

DEXP BD45-M01L

52 стр.
Бытовая техника / Встраиваемая техника / Встраиваемые посудомоечные машины

DEXP BD45-M01L

52 стр.
Бытовая техника / Встраиваемая техника / Встраиваемые посудомоечные машины

Gressel UBB600

53 стр.