Текст страницы
O‘rnatish ketma-ketligi
Modeliga qarab, turlicha o‘rnatilishi mumkin.
1-BOSQICH Joy tanlang
O‘rnatish
A
Quyidagi shartlarga mos keladigan joyni
tanlang.
• Joydagi pol mashinaning og‘irligini
ko‘tara oladigan darajada baquvvat
bo‘lishi kerak.
• Rakovina yaqinidagi, suv ta’minoti, oqava
tizimi va rozetkadan foydalanish qulay
bo‘lgan joy kerak.
• Bu joyda mashinaga idish solish oson
bo‘lishi kerak.
• Bu joyda mashina eshigi bemalol
ochilishi kerak hamda mashina bilan
bo‘lma devorlari orasida yetarlicha oraliq
bo‘lishi kerak.
• Orqa devorda to‘siqlar bo‘lmasligi kerak.
Yangi joyga o‘rnatish
Agar mashinani yangi joyga o‘rnatsangiz,
o‘rnatishdan oldin quyidagi yo‘riqnomalarga
amal qiling.
1. Teshik ochuvchi arra bilan bo‘lmaning
rakovina (A) turgan tomonidan teshik
oching.
2. Rakovina bo‘lmasining tubi oshxona
B
polidan ko‘tarilgan bo‘lsa va mashinaga
ulanishlardan balandroqda bo‘lsa, bo‘lma
ichidan va yonidan tubida eshik oching
(B).
QAYD
•
Agar mashinaning eskisi yangisiga almashtirilayotgan bo‘lsa, eski mashinaning ulanishlari
yangisiga mos kelishini tekshiring va keraklicha ulang.
•
Rozetkaning qayerdaligiga qarab, bo‘lmaning narigi tomonidan teshik ochishga to‘g‘ri kelishi
mumkin.
O'zbek
17
DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_UZ.indd 17
9/2/2019 12:08:12 PM