Текст страницы
Boshlanishda pauza
Siklni boshlash vaqtini 1 soatlik qadamda 24 soatgacha kechiktirish mumkin. Kechiktirish vaqtini
uzaytirish uchun Boshlanishda pauza tugmasini bosing. Displeydagi vaqt siklning boshlanish
vaqtini bildiradi.
1. Eshigini oching, keyin idishlarni soling.
2. Vaqtini 1 soatlik qadamda o‘zgartirish uchun Boshlanishda pauza tugmasini bosing.
- Agar tugmani bosib tursangiz, qo‘yib yuborguningizcha vaqt oshib boradi.
- START (BOSHLASH) tugmasini bosing, keyin eshikni yoping.
QAYD
Mashina boshlanganidan keyin kechiktirish vaqtini o‘zgartirish uchun POWER (QUVVAT) tugmasini
bosib, mashinani qayta boshlang.
Tugma qulfi
Amallar
Bolalar mashina bilan o‘ynamasliklari uchun Tugma qulf barcha tugmalarni (POWER (QUVVAT)
tugmasidan tashqari) qulflaydi.
•
Tugma qulf rejimini faollashtirish uchun Ko‘p tabletka tugmasini 3 soniya bosib turing.
Tugma qulf faollashtirilgach, sikl yoki opsiyani tanlash yoki operatsiyani boshlash mumkin
emas.
•
Tugma qulf rejimidan chiqish uchun yana Ko‘p tabletka tugmasini 3 soniya bosib turing.
•
Mashina boshlangach, Tugma qulf faol turadi. Tugma qulf rejimini bekor qilish uchun uni
faolsizlantirish kerak.
O'zbek
51
DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_UZ.indd 51
9/2/2019 12:08:37 PM