Текст страницы
O‘rnatish
Atrof-muhit harorati
Mashinani muzlatadigan haroratli joylarga
o‘rnatmang. Suv klapani, nasos va shlangda
doim ozgina suv qoladi. Agar mashina ichidagi
yoki shlangdagi suv muzlasa, mashina va
uning detallariga ziyon yetkazishi mumkin.
Oqava
Idish yuvish mashinasi uchun alohida oqava
tizimi ishlatayotgan bo‘lsangiz, oqava shlangini
yerdan 30-70 sm balandlikdagi oqava tizimiga
ulang. Shlang yerdan 80 santimetrdan
balandroqdagi oqava tizimiga ulansa, suv
orqaga qaytishi mumkin.
Sinovdan o‘tkazish
Mashinani o‘rnatgach, to‘g‘ri o‘rnatilganiga
amin bo‘lish uchun Tez siklini ishlating.
O‘rnatish
Pol
Xavfsizlik uchun mashina yaxlit polga
o‘rnatilishi kerak. Tebranishni kamaytirish
uchun yog‘och pollarni mustahkamlash
talab qilinishi mumkin. Gilam yoki yumshoq
kafelga o‘rnatmang. Gilam va yumshoq
kafel tebranishga sabab bo‘lib, mashina
ishlayotganida siljib ketishi mumkin.
OGOHLANTIRISH
Mashinani mahkamlanmagan inshootga
o‘rnatmang.
O'zbek
16
DW4000RM(A5)_IB_DD81-02709C-02_UZ.indd 16
9/2/2019 12:08:12 PM