Текст страницы
O'zbek
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM
KO'RSATMALAR
DIQQAT BILAN O'QIB CHIQING VA KEYINCHALIK
FOYDALANISH UCHUN SAQLAB QO'YING.
Bu xavfsizlik ko'rsatmalariga har doim amal qilinishiga
ishonch hosil qiling.
Pechdan foydalanishdan avval quyidagi
ko'rsatmalarga amal qilinishiga ishonch hosil qiling.
OGOHLANTIRISH
(Faqat mikroto‘lqin funksiyasi)
OGOHLANTIRISH: Agar eshikcha yoki eshikcha
zichlagichlari shikastlangan bo'lsa, pechni vakolatli
shaxs tomonidan ta'mirlanmagunicha ishlatmaslik
kerak.
OGOHLANTIRISH: Mikroto'lqin quvvatlarining
ta'siridan himoya qiluvchi qopqoqni ochish bilan
bog'liq xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash vakolatli
shaxs tomonidan bajarilishi kerak, chunki bu
zararlidir.
Bu qurilma faqat uy sharoitida foydalanish uchun
mo'ljallangan.
OGOHLANTIRISH: Bolalarga pechdan qarovsiz
foydalanishlariga faqat bola pechdan xavfsiz
ravishda foydalana oladigan va noto'g'ri foydalanish
xavfliligini tushunganda kerakli ko'rsatmalar
berilgandan keyingina ruxsat bering.
OGOHLANTIRISH: Moslamadan yoshi 8 dan
oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy
qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq
yoki ko'rsatma berilgan taqdirda va uning xavfini
tushungan holda foydalanishi mumkin. Bolalar bu
qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Agar bolalar
8 yoki undan katta yoshda va nazorat ostida
bo'lmasalar, bunday bolalar tomonidan qurilmani
tozalash va unga texnik xizmat ko'rsatish amalga
oshirilishi mumkin emas.
Faqat mikroto'lqinli pechlarda foydalanish uchun
xavfsiz bo'lgan idishlardan foydalaning.
Plastik yoki qog'oz idishlardagi taomlarni isitganda
yonib ketish xavfi mavjudligi tufayli ehtiyot bo'ling.
Bu mikroto'lqinli pech taomlar va ichimliklarni isitish
uchun mo'ljallangan. Taomlar yoki kiyimlarni quritish
va yostiqchalar, shippaklar, gubkalar, nam kiyimlar
kabilarni isitish jarohat olish, uchqun chiqishi yoki
yong'in xavfining vujudga kelishiga olib kelishi
mumkin.
Tutun chiqqan hollarda qurilmani o'chiring yoki
elektr tarmog'iga ulash kabelini rozetkadan
sug'uring va har qanday alangani o'chirish uchun
eshikchani ochib qo'ying.
OGOHLANTIRISH: Ichimliklarni mikroto'lqin
yordamida isitish kechiklab portlovchan qaynashga
olib kelishi mumkin, shuning uchun idishlarni
ushlashda juda ehtiyot bo'lish lozim.
3
MS23F301TQW_BW_DE68-04248B-01_RU+UK+KK+UZ.indb 3
2017-02-01 11:48:32