Текст страницы
Elektr manbaiga ulash kabelini metall buyumlarga
osmang, uni buyumlar orasiga qo'ymang va
pechning orqasi orqali o'tkazmang.
O'zbek
Tarmoq rozetkasiga ulanmagan shikastlangan vilka
yoki elektr manbaiga ulash kabelidan foydalanmang.
Vilka yoki elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan
hollarda yaqinroqdagi xizmat ko'rsatish markaziga
murojaat qiling.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
OGOHLANTIRISH: Ichimlik solingan sig'imlarni
pechda isitish sekinlashtirilgan kuchli qaynashga olib
kelishi mumkin, shuning uchun bunday holatning
oldini olish uchun bunday sig'imlar bilan muomala
qilishda ehtiyot choralarini ko'rish kerak; Bunday
holatni oldini olish uchun haroratning tenglashishiga
imkon berish maqsadida pech o'chganidan keyin
DOIMO kamida 20 soniyacha kuting. Zarur bo'lgan
hollarda suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin
uni DOIMO aralashtiring.
Kuyib qolganda BIRINCHI YORDAM ko'rsatish
bo'yicha quyidagi harakatlarni bajaring:
Pech ustiga, ichiga va eshigiga hech qanday
buyumlarni qo'ymang.
Pech yuzasiga uchuvchan moddalar, masalan,
insektitsidlarni sepmang.
• Kuygan joyni kamida 10 daqiqa sovuq suvga
botirib turing.
• Toza quruq latta bilan bog'lang.
• Hech qanday krem, moy yoki losyon surtmang.
Tayyorlagandan keyin bir vaqt o'tgandan keyinroq
patnis yoki taglikni suvga solmang, chunki bu patnis
yoki taglikning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang.
Tarkibida spirt bo'lgan taomlar va ichimliklarni
isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling, chunki spirt bug'lari
pechning isitilgan qismariga tegib ketishi mumkin.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni
pechga yaqinlashishlariga yo'l qo'ymang, chunki ular
o'zlarini eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini
eshikchaga qisib olishlari mumkin.
Mikroto'lqinli pechdan yog'ni yaxshilab qovurish
uchun foydalanmang, chunki yog' haroratini
boshqarib bo'lmay qolishi mumkin. Bu qaynoq
suyuqlikning to'satdan yonib ketishiga olib kelishi
mumkin.
DIQQAT
Faqat mikroto'lqinli pechlarga mos keluvchi
idishlardan foydalaning; Metalldan yasalgan
konteynerlar, oltin yoki kumush qoplangan
oshxona idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan
FOYDALANMANG. O'ralgan o'tkazgichni qog'oz
yoki plastik qadog'idan oling.
Sababi: Elektr yoyi yoki uchqun hosil bo'lishi, bu esa
pechning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
9
MS23F301TQW_BW_DE68-04248B-01_RU+UK+KK+UZ.indb 9
2017-02-01 11:48:36