Инструкция электрическая зубная щетка Philips HX3651/11

TIBBIY OGOHLANTIRISHLAR (стр. 255 из 646)

Бренд: Philips

Страница 255 документа Электрическая зубная щетка Philips HX3651/11. Раздел: Электрические зубные щетки. Бренд: Philips.

Текст страницы

255
O'zbek

-
Tuklari singan yoki bukilgan choʻtka kallagidan foydalanishni toʻxtating.
Choʻtka kallagini har 3 oyda yoki agar eskirganlik belgilari namoyon boʻlsa
– undan ham tezroq almashtiring.
-
Tarkibida efir moylari yoki kokos moyi boʻlgan mahsulotlarning bevosita
teginishidan saqlaning. Teginish – choʻtkaning siljib qolishiga olib kelishi
mumkin.

TIBBIY OGOHLANTIRISHLAR
-
Agar foydalanishdan keyin ortiqcha qon chiqishi kuzatilsa, qon chiqishi 1
hafta foydalangandan keyin ham davom etsa yoki noqulaylik va ogʻriq his
qilsangiz, jihozdan foydalanishni toʻxtating va stomatolog/shifokorga
murojaat qiling.
-
Agar oxirgi 2 oy ichida ogʻizda yoki milklarda jarrohlik ishlari olib borilgan
boʻlsa, jihozdan foydalanishdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
-
Agar sizga kardiostimulyator yoki boshqa qurilma implantatsiya qilingan
boʻlsa, foydalanishdan oldin shifokor bilan yoki implantatsiya qilingan
qurilma ishlab chiqaruvchisi bilan maslahatlashing.
-
Agar salomatligingizda masalalar bor boʻlsa, ushbu jihozdan
foydalanishdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
-
Ushbu jihoz shaxsiy parvarish qurilmasi boʻlib, stomatologik klinikada yoki
muassasada bir necha bemorlar foydalanishi uchun moʻljallanmagan.

BATAREYA XAVFSIZLIGIGA OID KOʻRSATMALAR
-
Faqat Philips WAA1001, WAA2001 yoki nominal kirish (100 - 240V~;
50/60Gs; 3,5 Vt) va chiqish (5 V doimiy tok; 2,5 Vt) quvvatlari bilan
xavfsizligi tasdiqlangan adapterlarida quvvatlang. Adapterlar roʻyxati bilan
www.philips.com/support sahifasi orqali tanishib chiqish mumkin.
-
Bu jihozda faqat malakali shaxslar chiqara oladigan batareyalar mavjud.
-
Mahsulotni 32 °F / 0 °C va 104 °F / 40 °C orasidagi haroratda quvvatlang va
foydalaning.
-
Mahsulotdan faqat toʻgʻri maqsadda foydalaning. Mahsulotdan hamda
uning batareyalari va aksessuarlaridan foydalanishni boshlashdan oldin
ushbu axborotni diqqat bilan oʻqib chiqing va keyinchalik murojaat qilish
uchun uni saqlab qoʻying. Notoʻgʻri foydalanish xavflarga yoki jiddiy
jarohatlarga olib kelishi mumkin. Taqdim etilayotgan aksessuarlar turli
mahsulotlarda oʻzaro farqlanishi mumkin.
-
Faqat original Philips aksessuarlari va sarf materiallaridan foydalaning.
-
Mahsulotni va batareyalarni olovdan nari tuting va quyosh yoki yuqori
harorat taʼsirida qoldirmang.
-
Agar mahsulot noodatiy qizib ketsa yoki hid chiqarsa yoki rangini
oʻzgartirsa yoki odatdagidan uzoq vaqt quvvatlansa, undan foydalanishni
va quvvatlashni toʻxtating va Philips kompaniyasiga murojaat qiling.

Оглавление

Красота и здоровье / Уход за полостью рта / Электрические зубные щетки

GEOZON KIDS AIR

1 стр.
Красота и здоровье / Уход за полостью рта / Электрические зубные щетки

GEOZON KIDS AIR

1 стр.
Красота и здоровье / Уход за полостью рта / Электрические зубные щетки

Ordo Sonic+ SP2000

2 стр.